• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hozirda yetakchi xotin-qizlar milliy platformasini yaratish ustida ishlayapmiz” — Tanzila Norboyeva

    Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Fuqarolik jamiyati ayollar tashkilotlari ishtirokida “ ‘Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida’gi BMTning 1325-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish” mavzusida mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Unda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti raisi Tanzila Norboyeva, BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German, “BMT-Ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi direktori Aliya el-Yassir va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 30 dan ortiq fuqarolik jamiyatlarining ayol vakillari ishtirok etmoqda.

    Forum ochilishida Tanzila Norboyeva nutq so‘zlab, forum mazmun-mohiyati, ko‘zlangan maqsad, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, preventiv diplomatiyada ayollarning tutgan o‘rni, ishtiroki va roli, bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    “Bu galgi forum shunisi bilan ahamiyatliki, muloqot a’zolari, davlat tuzilmalari, mintaqadagi ayollar fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari, BMT tuzilmalari rahbarlari va xalqaro ekspertlar birinchi marotaba ‘Xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik’ global kun tartibini milliy va mintaqaviy darajada amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonda to‘plandi.

    Hozirgi vaqtda biz faoliyati davomida gender tenglikni targ‘ib qilish, barcha darajalarda (mahalla, tuman, viloyat, respublika) xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini qamrab oladigan yetakchi xotin-qizlar milliy platformasini yaratish ustida ishlayapmiz.

    Biz dolzarb masalalar, shu jumladan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari muhim o‘rin tutishini bilamiz”, — dedi Tanzila Norboyeva.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Hozirda O‘zbekistonda 10 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 300 dan ortig‘i gender masalalari bilan shug‘ullanadi.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti mintaqadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oshirish hamda barqaror rivojlanish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida norasmiy mintaqaviy platforma sifatida tashkil etilgan.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti qisqa vaqt ichida gender tengligi va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish, mintaqa ayollari o‘rtasidagi hamjihatlik va amaliy hamkorlikni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan ayollarning muhim norasmiy koalitsiyasi ekanini isbotladi.

    Muloqot boshlanganidan buyon qator uchrashuvlar o‘tkazilib, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid ko‘plab dolzarb masalalar, bu boradagi mintaqaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

    Mavzuga doir:

    • Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda tadbirkor ayollarning biznesdagi ulushi qanchaligini aytdi
    • Tanzila Norboyeva: “Ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas”
    • Tanzila Norboyeva Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenko bilan O‘zbekiston—Rossiya aloqalarini mustahkamlash masalasini muhokama qildi

    21.12.2021, 06:48   Izoh (0)   18577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “To‘rt marotaba svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmadi”. Murodjon Azimov tunda qoidabuzarlik qilgan boyning bolasiga chora ko‘rilgani haqida gapirdi

    21.12.2021, 06:32

    Qashqadaryoda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “temir daftar”dagi fuqarolarga bir yilda 83 mlrd so‘mlik yordam berilgani ma’lum bo‘ldi

    21.12.2021, 06:00

    Temiryo‘lni to‘sib qo‘ygan fermerlar, hokimlikdagi shou, 35 yoshli prezident. 20-dekabr suratlari

    20.12.2021, 23:55

    Andijonda 2022-yilda 4 ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Shundan ikkitasi xorijiy universitetlarning filiallari

    20.12.2021, 23:47

    O‘zbekistonda yanvar—noyabr oylarida qancha nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

    20.12.2021, 23:27

    Namanganda Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, Termizda mashina yo‘liga chiqib ketgan velosipedchi vafot etdi. YTHlar tafsiloti

    20.12.2021, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.