Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar ko‘chalarini suv bosgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Kadrlarda shaharda “Lola” bozori va Namangan davlat universiteti oldini suv bosganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr, shanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelgandi. “O‘zgidromet”ning 19-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozida respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi aytilgan.
Gidrometeorologiya xizmati markazi meteorologi Erkin Abdulahatov o‘zining Telegram kanaliga yozishicha, 19-dekabr kechasi va 20-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) kuzatilgan. Ayrim kuzatuv hududlarida 20 millimetrgacha yog‘in yog‘ib qo‘ygan.
20-dekabrga o‘tar kechasi esa nam havo oqimlari sharqqa tomon siljib, Namangan viloyatiga yaxshigina yog‘ingarchilik keltirgan. Masalan, Namangan shahrida 10 millimetr oraliqda yog‘ib o‘tgan yomg‘ir shaharning ayrim ko‘chalarida suv bosish holatlarini keltirib chiqargan.
Mavzuga doir: Qamchiq dovoniga quyuq tuman tushgani rad etildi
Izoh (0)