Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilayotgan xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yil rejalar masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida shaharlarning qiyofasini o‘zgartirish haqida gapirildi.

Xususan, Toshkent shahrida amalga oshirish mumkin bo‘lgan ba’zi loyihalar keltirib o‘tildi.

“Misol uchun, Sergeli tumanida 16 kilometr uzunlikdagi yerusti metrosi atrofida tungi yoritgich, o‘rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etish hisobiga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha taklif bildirilgan. Bunday takliflar menga ma’qul.

Yoki poytaxt tadbirkorlarining shahar hududida san’at, rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik vakillarini keng jalb qilib, yirik ‘san’at ko‘chalari’ni yaratish takliflarini ham qo‘llab-quvvatlayman”, – dedi prezident.

Bundan tashqari, Fransiya, Italiya, Turkiyadan restavrator va muzey ishi mutaxassislarini olib kelib, barcha muzeylarni zamonaviy qiyofaga keltirish va “omborda chang bosib yotgan” noyob eksponatlarni namoyishga qo‘yishni tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi