• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston SSV markaziy apparati xodimlarining 40 foizi vazifasidan ozod etildi

    Sog‘liqni saqlash vazirligida 14-dekabr kuni navbatdan tashqari Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U o‘ta keskin ruhda kechib, tizimda har bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

    Ma’lum qilinishicha, keyingi paytlarda fuqarolarning tibbiyot sohasidan norozi ekani to‘g‘risida vazirlikka juda ko‘p murojaatlar kelgan. Masalan, 2021-yilning o‘tgan 11 oyida kelib tushgan jami murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12 mingtaga ko‘payib, 57 600 tani tashkil etgan. Ularning eng katta qismini sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.

    Qayd etilishicha, fuqarolar o‘rtasida ayrim kasalliklar ko‘rsatkichlari yil sayin oshib bormoqda. Xususan, so‘nggi besh yilda yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish holatlari 20 foizga ko‘paygan.

    Qolaversa, bitta tumanda kamida 10—15 ta laboratoriya bo‘lishiga qaramay, qonni tahlil qilishga sharoit va mutaxassislar malakasi yetishmasligi oqibatida diabetning og‘ir asoratlari — ko‘z, buyrak va to‘piq kasalliklari bo‘yicha respublika muassasalariga murojaatlar 10 foizga oshgan.

    “Bularning barchasi sog‘liqni saqlash sohasi boshqaruv tizimida bugungi zamon talablariga mos, yangicha fikrlovchi, tashabbuskor, muammoli masalalar yechimiga professional va kreativ yondashadigan kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

    Shundan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining o‘z faoliyatida natija bermagan 40 foiz xodimlari vazifasidan ozod etilgan va ularga quyi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilingan.

    Ta’kidlanishicha, vazirlik doirasida boshlangan kadrlar yangilash islohoti respublikadagi barcha davolash-profilaktika muassasalarini qamrab oladi. Mazkur jarayonda aholidan kelib tushayotgan e’tiroz va shikoyatlar asosiy mezon bo‘ladi.

    Eslatib o‘tamiz, 10-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida endokrin kasalliklarini birlamchi bo‘g‘inda erta aniqlash muammolariga to‘xtalib o‘tgandi. “Tumanlarda sharoit va mutaxassislar malakasi yetishmasligi oqibatida, diabetning og‘ir asoratlari bo‘yicha murojaatlar oshgan”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev lavozimidan ozod etilgani va u O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu kunning o‘zida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan. Keyinchalik u sobiq sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qo‘llangan barcha intizomiy jazo choralarini olib tashlagan.

    Mavzuga doir:

    • SSV tibbiyot muassasalaridagi ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish choralarini ko‘rmoqda
    • Behzod Musayev SSV tizimidagi talabga javob bermaydigan barcha sanitariya-gigiyena xonalarini ta’mirdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
    • O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarini jihozlash va kadrlar malakasini oshirish uchun 100 mln dollar ajratiladi

    14.12.2021, 19:17   Izoh (0)   21624
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda 21 ta qishloq tumanida 10 ming oila uchun “Yangi O‘zbekiston” massivlari, maktab, bog‘cha va tibbiyot maskanlari qurilishini ma’lum q...

    14.12.2021, 19:02

    “Turistik salohiyati yuqori tumanlarni rivojlantirish uchun dastlabki bosqichda 200 milliard so‘m ajratiladi” – Shavkat Mirziyoyev

    14.12.2021, 18:32

    Andijonda qizining nomusiga tegib, unga uylanmagan yigitni bo‘g‘ib o‘ldirgan otaga sud hukmi o‘qildi

    14.12.2021, 18:16

    Shavkat Mirziyoyev: “Mas’ullar masala ichiga kirib, mahallabay ishlamagani oqibatida aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi pastligicha qolmoqda”

    14.12.2021, 17:59

    O‘zbekistonda mehnat migrantlarining daromadini ikki tomonlama soliqqa tortmaslik belgilanmoqda

    14.12.2021, 17:55

    O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari 2,2 trln so‘mga oshirilmoqda

    14.12.2021, 17:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.