• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    30 yoshli Messias “Milan”ning qutqaruvchisiga aylanmoqda. Bir necha yil avval qora ishchi bo‘lgan futbolchi bu darajaga qanday erishdi?

    27 yoshida professional futbolga kirib kelgan Junior Messias so‘nggi vaqtlarda “Milan”da asosiy rollardan birini bajarmoqda. Messias Chempionlar Ligasida gol urdi, undan so‘ng A Seriyada “Jenoa” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Milan” 2021-yilning yozidagi transfer oynasini samarali yakunladi: jamoaga Temue Bakayoko (“Chelsi”dan ijara), Pyetro Pellegri (“Monako”dan ijara) va Yassin Adli (“Bordo”dan xarid qilindi va darhol jamoaning o‘ziga ijaraga berildi).

    Italiyaliklar hujum chizig‘i uchun ijodkor futbolchi qidirdi. Asosiy nomzod “Brest” futbolchisi Romen Fevr bo‘lib turgandi, ammo transfer amalga oshmadi. Shundan so‘ng “Milan” Aleksey Miranchuk borasida “Atalanta” bilan bog‘landi, muzokaralar ijobiy boshlanmadi, uni davom ettirishga esa vaqt yo‘q edi.

    “Milan” B Seriyaga e’tiborini qaratdi. “Krotone” jamoasi hujumchisi Junior Messias xarid qilindi.

    Braziliyalik tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va klub bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi 5,4 million yevroga sotib olish huquqi bilan 2,6 million yevroga ijara asosida jamoaga keldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2020/21-yilgi mavsumda Junior Messias “Krotone” safida ilk bor A Seriyada o‘ynagandi. Yuqori divizionda braziliyalik futbolchi yo‘qolib qolmadi — 4-turda “Yuventus”ga qarshi bahsda Messias o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Mavsum davomida hujumchi A Seriyada 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U yaxshi futbolchiga aylandi, lekin havaskorlarga xos beg‘uborlikni yo‘qotmadi. Italiya chempionatidagi o‘yinlarning birida Messiasning futbolkasi yirtilib ketadi. Boshqa futbolchilar darhol futbolkasini almashtirgani yuguradi, ammo Junior mato osilib qolmasligi uchun uni tugun qilib bog‘ladi va Italiya chempionati emas, maktab birinchiligi musobaqasi o‘tkazilayotgandek o‘ynashda davom etdi.

    Junior bo‘yi ikki metr keladigan nigeriyalik hujumchi Simi bilan birgalikda “Krotone” urgan gollarning yarmidan ko‘piga mualliflik qildi (45 tadan 29 tasi ikki hujumchiga tegishli).

    Ikkala hujumchi ham yangi mavsumda A Seriyada qoldi (“Krotone” B Seriyaga tushib ketgan bo‘lsa ham): Nvankvo “Salernitana”da, Messias esa “Milan”da.

    Juniorning ajralib turadigan xislati — yaxshi texnika. Ko‘chadagi o‘yinlari sabab driblingchiga aylanganini o‘zi ham tan oladi.

    Dribling — Braziliyadan, ko‘chadan o‘rganilgan. Men professional jamoalarning akademiyasida shug‘ullanmaganman, shunchaki do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazardim. Biz erkin edik — har kim o‘zi xohlagan narsasini qilardi. Shuning uchun fintlar faqatgina samarali emas, foydali ham bo‘lishi kerak, deb hisoblardik. Futbolning ma’nosi — g‘alaba. Zidanni eslayman, uning o‘yin uslubi menga juda yoqardi. U xotirjam, samarali va chiroyli harakat qilardi! Hozirgi futbol — bu taktika, yorqin futbolchilar yetishmaydi. Futbol yanada jozibaliroq bo‘lishini istardim.

    Junior Messias

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Messiasning mahoratidan ko‘ra uning bosib o‘tgan yo‘li qiziqroq. Messias “Kruzeyros” akademiyasida futbolni o‘rgana boshlaydi. Ammo asosiy jamoaga o‘tish unga nasib etmaydi. 20 yoshida braziliyalik futbolchi oilasini boqish uchun Italiyaga yo‘l oladi. Akasi undan avvalroq Yevropaga borgan edi.

    Messias Turin chekkasidagi Barreira di Milano nomli kvartalga joylashdi. Qurilish maydonchasidan ish topib, arzimas pulga vayron bo‘lgan binolardan qolgan g‘ishtlarni tozalardi va maydalardi. Futbol uning xobbisi sifatida qolib ketdi. Keyin esa quruvchi bo‘lib ishladi, undan so‘ng maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga ishga kirdi, u yerda yuk tashuvchi va kuryerlik vazifalarini bajardi.

    Dam olish kunlarida immigrantlardan tashkil topgan “Sport Varik” havaskorlar jamoasida to‘p surardi. Bosh murabbiy Etsio Rossi jamoaning rivojlanishiga yordam berdi. Keyinchalik mutaxassis “Kazale” jamoasidan taklif oladi va u Messiasni o‘zi bilan birga olib ketadi. Murabbiy futbolchi tanlashda adashmagan edi: Junior 32 o‘yinda 21 ta gol urib, jamoasining D Seriyaga qadar chiqishiga yordam berdi. Shu tariqa braziliyalikning Italiya futbolidagi parvozi boshlandi. Juniorni jamoadoshlari Figura (ispanchada “yulduz” degan ma’noni bildiradi) deb atardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Messias Italiya fuqaroligini olish uchun harakat qilardi, taxminan o‘sha vaqtlarda Juniorni professional klublar payqay boshladi. Hujumchi 25 yoshida D Seriya, 27 yoshida C Seriya, 28 yoshida B Seriyada o‘ynadi. 29 yoshida “Krotone” bilan birgalikda A Seriyaga chiqdi. 30 yoshida esa “Milan”da paydo bo‘ldi.

    Mening hikoyam nimani o‘rgatadi? Ishonch doim kerakligini. Albatta, omad ham kerak, lekin mehnatsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Hech qachon o‘zimni kuchli o‘yinchi deb hisoblamaganman. Undan tashqari boshqalardan ham yomonroq ekanimga amin edim. Shuning uchun ko‘proq shug‘ullanardim.

    Junior Messias

    Mavzuga doir

    • Quvg‘inlikdan millat qahramoni bo‘lishga qadar. Italiyani uzoq kuttirgan hujumchi — Chiro Immobile
    • Angliya klublaridan hech qachon taklif olmagan, Ronaldodan Rivaldoni ustun ko‘radigan va “Milan”ga tasodifan o‘tib qolgan Markos Kafu haqida
    • Qadrdon butsi, futbolga kirib kelishdagi to‘siqlar va go‘zal Jenni. Maradona emas, Ronaldoga havas qilgan neapollik “pakana” — Lorenso Insinye haqida

    10.12.2021, 13:31   Izoh (0)   16759
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasining pley-off bosqichiga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

    10.12.2021, 10:48

    Konferensiyalar Ligasi. Eldor Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda “Roma” autsayderni yengib, 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi

    10.12.2021, 00:55

    UFC’dagi 4-jangini o‘tkazadigan Zarrux Adashev, o‘zbek klublariga 2+2 shaklida o‘rin ajratgan OFK va 30 million yevro zarar ko‘rgan “Barselona”. Eng so‘nggi sport

    09.12.2021, 21:26

    FIFA fransiyalik futbolchi bilan bog‘liq vaziyat tufayli “Nasaf”ga taqiq qo‘ydi. U qarshiliklar safida bitta ham o‘yin o‘tkazmagan

    09.12.2021, 16:15

    Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

    09.12.2021, 11:54

    YChL. “Bavariya”ga yirik hisobda yutqazgan “Barselona” Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi, Ronaldusiz “Manchester Yunayted” autsayderni yenga olmadi

    09.12.2021, 03:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.