• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Alisa Freyndlix 87 yoshda: “Ishdagi ishq”ga sinovsiz tasdiqlangan, yulduzlik kasaliga chalinmagan, koronavirusni yengib, sahnaga qaytgan aktrisaning hayotiy haqiqatlari

    Rossiyaning mashhur aktrisasi va eng sirli ayollaridan biri – Alisa Freyndlix 2021-yil 8-dekabr kuni 87 yoshni qarshi oldi.

    Foto: “Komsomolskaya pravda”

    “Ishdagi ishq”, “Uch mushketyor” va “Somon shlyapa” filmlarining yulduzi, Tovstonogov nomidagi Katta drama teatri aktrisasi yillar davomida shuhrat qozonganiga qaramay, hanuzgacha sirli ayol bo‘lib qolmoqda. U deyarli jurnalistlar bilan aloqa qilmaydi va ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlari mavjud emas.

    “Ishdagi ishq” filmiga sinovsiz tasdiqlangan

    Alisa Freyndlix 1977-yilda Eldar Ryazanovning “Ishdagi ishq” filmi chiqishi bilan chinakam mashhurlikka erishdi. Biroq uning katta filmdagi debyuti ikki yil oldin bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum emas. Bir vaqtlar Alisa Freyndlix eng mashhur “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling!” filmidagi Nadya Sheveleva roliga asosiy da’vogarlardan biri edi.

    Foto: “Komsomolskaya pravda”

    Odatda ommaviy axborot vositalari badiiy kengash a’zolari bunga to‘sqinlik qilgani haqida yozadi. Aytishlaricha, ularga Freyndlixning ijrosi yoqmagan. Ammo Eldar Ryazanovning qizining aytishiga ko‘ra, aslida rejissorning o‘zi aktrisani tasdiqlashdan bosh tortgan.

    “Otamning aytishicha, sovet aktrisalari muhabbatni chet ellik ayollar kabi nozik tarzda tasvirlay olmagan, ular shunchaki bunga moslashmagan edi, deydi Olga Ryazanova. – Shuning uchun ham dadam barcha sinovlar, jumladan, Alisaning natijalaridan mamnun emas edi. So‘ngra tom ma’noda, so‘nggi daqiqada, 1972-yilda ‘Sevgi anatomiyasi’da bosh rolni o‘ynagan Barbara Brilska paydo bo‘ldi va hamma narsa o‘z-o‘zidan boshlanib ketdi. Ammo Eldar Ryazanov o‘zining navbatdagi loyihasida Alisa Freyndlixni hech qanday sinovlarsiz bosh qahramon roliga tasdiqladi”.

    “Bu o‘sha davrda aqlga sig‘maydigan ish edi!” – deb eslaydi Rossiya xalq artisti Svetlana Nemolyayeva. U “Ishdagi ishq” asosiy salbiy qahramon Samoxvalovning sobiq sevgilisi Olga Rijovani o‘ynagan.

    Foto: “Komsomolskaya pravda”

    Badiiy kengashlar har qanday rol va ayniqsa Alisa Freyndlix tomonidan ijro etilgan asosiy rol uchun kamida ikkita va ideal holda uchta yoki to‘rtta nomzod bo‘lishi kerakligini talab qildi. Ammo Eldar Aleksandrovich o‘sha paytda shunday shon-shuhratga ega ediki, tomoshabinlar ham, rahbariyat ham shunchalik sevganidan uni yarim yo‘lda kutib olardi.

    “Improvizatsiya qirolichasi”

    “ ‘Ishdagi ishq’, – deb eslaydi, Svetlana Nemolyayeva, qisman Alisa Freyndlixning o‘zi va uning improvizatorlik qobiliyati tufayli juda samimiy chiqdi va chinakam muvaffaqiyatga erishdi”.

    “Alisa Freyndlix improvizatsiya qirolichasi, buni ishonch bilan aytaman, – deydi aktrisa. – Butun filmning kamida ikkita asosiy sahnasi – Novoselsev Alisa ijro etgan qahramonni avval kokteyl, keyin qo‘ziqorin va she’rlar bilan ko‘nglini olayotganida hamda film so‘ngidagi janjal aktrisa tomonidan to‘liq improvizatsiya qilingan. Ssenariyda faqat umumiy voqealar va ularning replikalari yozilgan, qolgan hamma narsa aktrisaga bog‘liq edi”.

    Foto: “Interfaks”

    “Ishdagi ishq” filmining Leningrad premyerasi paytida Alisa Freyndlix o‘z uyida katta ziyofat uyushtirdi va u yerda Eldar Ryazanovning qizi Olga, suratga olish guruhi, do‘stlari va qarindoshlarini taklif qildi.

    “Ko‘p yillar davomida muloqot qilishimizga qaramay, men Alisaning xarakteriga aniq ta’rif bera olmayman, – deydi Oleg Basilavshili  – u tirik odam. Ijodkor odam. Eng muhimi, u qandaydir aktyorlik fanatizmiga mutlaqo begona. U filmlarda suratga tushish va teatrda rol o‘ynashga juda oddiy va to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi. Bu ishdan yaxshi narsa chiqishi mumkin, degan umidda ishlaydi. Bundan tashqari, Alisa juda talabchan odam, birinchi navbatda o‘zi uchun. Agar u mashq qilsa, natijaga erishmaguncha, bitta sahnani o‘n martalab o‘ynashi mumkin.

    Yulduzlik kasaliga chalinmagan

    Bir paytlar jurnalistlar ham Alisa va Basilashvilining ishqiy aloqalari borligini yozgan. Buning ajablanarli joyi yo‘q: o‘sha davrining ikkita yulduzi, ekranda va sahnada ajoyib juftlik, nihoyatda yaqin do‘st. Ularni o‘zlarining samimiy “ishdagi ishqi”dan shubhalanmaslik qiyin edi …

    Alisa Freyndlix va Oleg Basilashvili

    Alisa Freyndlix va Oleg Basilashvili
    Foto: “Komsomolskaya pravda”

    “Uning o‘z oilasi bor, mening ham, – deya xulosa qildi aktyor. – Biz bir-birimizga juda yaxshi munosabatda bo‘lamiz va har qanday holatda bo‘lgani kabi bizning barcha ishqiy munosabatlarimiz faqat suratga olish joyida, mashg‘ulotlar va chiqishlar paytida yashaydi”.

    Alisa Freyndlix ko‘p yillar davomida sahnada ijod qilayotgani, uning har bir obrazi tomoshabinlar tomonidan olqishga sazovor bo‘lgani hamda kino va teatr tanqidchilari tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilgan bo‘lsa-da, uning kundalik va oddiy hayotda qanday ekani haqida juda kam narsa ma’lum.

    “Unda qandaydir introvert (o‘z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o‘z-o'zini nazorat qiladigan inson), yopiqlik bor. Menimcha, bu nemis ildizlari bilan bog‘liq”, – deydi rejissor-prodyuser, Leningrad televideniyasining afsonasi Irina Taymanova. U Alisani qirq yildan ortiq biladi. “Shunday bo‘lsa-da, unda hech qanday yulduzlik kasali yo‘q. Alisa juda ochiq odam, do‘stona, odamlarga moyil. Ishonchim komilki, u Katta drama teatridagi barcha sahna ishchilarining ismlarini biladi – rekvizitorlardan tortib yorug‘lik ustasigacha. Hech qachon ovozini ko‘tarmaydi. Men Alisaning jahli chiqqanini ikki martagina ko‘rganman. Uning ko‘zlari va ovozi po‘latga aylanadi. Tamom, shuning o‘zi yetarli. Men uning uslubini juda yaxshi ko‘raman – qat’iy va nafis, hazil tuyg‘usi va bir xil fe’l-atvorga ega inson”.

    Foto: “Interfaks”

    Irina Taymanovaning so‘zlariga ko‘ra, Alisa Freyndlix zargarlik buyumlariga deyarli befarq, faqat firuza toshini yaxshi ko‘radi va shohona nimadir taqishni rad etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kichik tosh ayollarga ichki go‘zalligini ochib berishga va muvaffaqiyatsizlikdan himoya qilishga yordam beradi.

    “Shunga qaramay, uni ingichka sigaretsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q, – deydi Irina Taymanova. – Chekish ham uning obraziga juda mos tushadi. Rostini aytsam, kasallikdan keyin u bu sevimli mashg‘ulotini tark etishiga umid qilgandim. Ammo yo‘q, bilishimcha, u o‘zgarmaslikka qaror qilgan.

    Koronavirusni yengib, sahnaga qaytdi

    2021-yil aktrisa uchun qiyin bo‘ldi. Bahorda u koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan. Sitokin bo‘roni – insonning immunitet tizimi o‘z tanasiga hujum qila boshlaydigan jiddiy o‘pka kasalligiga chalindi. U qiyinchilik bilan tuzaldi: ko‘p yillik chekish natijasi edi bu.

    Foto: “Interfaks”

    “Bundan tashqari, virus tomirlarni zo‘riqtirgan – bir muncha vaqt uning qon bosim yuqori bo‘ldi, deydi shifokorlar. Biz intensiv terapiya yordamida ikkalasini ham bartaraf eta oldik”.

    Qiyinchiliklar bilan tuzalib ketgan Alisa Freyndlix o‘zining sevimli Tovstonogov nomidagi Katta drama teatriga eson-omon qaytib keldi. 2021-yil 26-dekabr kuni uni dramaturg Ivan Viripayev tomonidan sahnalashtirilgan “Hayajon” spektaklidagi roli bilan sahnaga qaytadi.

    Foto: “Interfaks”

    Mavzuga doir:

    • Vitsin, Andrey Mironov, Natalya Varley — bir-birini takrorlamaydigan obrazlarni mahorat bilan ijro etgan Sovet davri aktyorlari (foto)
    • “Ishdagi ishq” filmi aktyorlari 40 yildan keyin qanchalik o‘zgardi? (foto)
    • Foto: “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari 44 yildan so‘ng

    09.12.2021, 11:33   Izoh (0)   35262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Tug‘ilgan kunida onasini yig‘latgan Azoda, kasbini o‘zgartirgan Munisa Rizayeva, Shahzoda Muhammedova seriallarda nega ko‘rinmayapti?

    08.12.2021, 22:31

    “Ko‘chadan orttirgan farzanding senga jazongni beradi”. Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi (v...

    08.12.2021, 21:32

    Biznes olamida o‘z imperiyasiga ega jahon yulduzlari (foto)

    08.12.2021, 19:53

    Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyor Viki Kaushalga turmushga chiqmoqda

    08.12.2021, 14:33

    Shahzoda Muhammedova taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva tufayli uning xonanda bo‘lish orzusi armon bo‘lib qolgani haqida gapirdi (video)

    08.12.2021, 12:48

    Jorj Kluni nima uchun kuniga 35 million dollar to‘lanadigan suratga olish taklifidan voz kechgani haqida so‘zlab berdi

    08.12.2021, 10:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.