Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Joriy yilning 7-dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zmetkombinat” AJ obligatsiyalariga obuna kampaniyasining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Qora metallurgiya sohasidagi eng yirik korxona — “O‘zmetkombinat” AJ o‘z faoliyatidagi eng yirik loyihalaridan biri bo‘lmish metall quyish va prokat majmuasining qurilishini boshlagan hamda joriy yilning yakuniga qadar yirik M&A bitimini yakunlashni rejalashtirgan. Zavod o‘z faoliyatini kengaytirishni moliyalashtirishning yangi strategiyasi doirasida 50 milliard so‘mlik obligatsiyalarni chiqarmoqda.

“O‘zmetkombinat” AJ — “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati qora metallurgiya bo‘yicha respublikadagi yetakchi korxona hisoblanadi. Kombinatning barcha mahsulotlari muvofiqlik sertifikatlariga ega, sifat menejmenti tizimlari milliy va xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida sertifikatlangan. Kombinat respublika korxonalari, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari.

Bugungi kunda nominal qiymati 5 000 000 so‘m bo‘lgan jami 10 000 dona korporativ obligatsiyalar chiqarildi. Ushbu emissiya obligatsiyalari investorlarning cheklanmagan doirasi orasida ochiq obuna bo‘yicha “Toshkent” Respublika fond birjdasida joylashtiriladi. Emissiyaning anderrayteri Freedom Finance MChJ XK hisoblanadi.

Freedom Finance kompaniyasi ijrochi direktori Yevgeniy Mojeykoning fikriga ko‘ra, “O‘zmetkombinat” obligatsiyalarining debyut emissiyasining jozibador jihatlaridan biri bu muomala muddati hisoblanadi. Kupon stavkasi nominal qiymatidan yillik 23 foiz darajasida belgilangan bo‘lib, 18 oylik muomala muddati bilan va yiliga 2-marta kupon to‘lovlari davriyligi bilan belgilanadi.

“Freedom Finance kompaniyasi ‘O‘zmetkombinat’ AJ obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan bo‘lib, anderrayting shartnomasi 2021-yil 30-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Uzbekistan Economic Forum 2021 doirasida imzolangan. Ushbu joylashtirish ‘O‘zmetkombinat’ jamiyati uchun ‘Toshkent’ RFBda obligatsiyalarning debyut emissiyasi bo‘lib, kompaniyani 2022-yilga mo‘ljallangan bo‘lajak IPOga tayyorlaydi. Bundan tashqari, joriy masala kompaniyaga respublikadagi eng yirik metallurgiya kombinatlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi”, — deya ta’kidladi Yevgeniy Mojeyko.

O‘z navbatida “O‘zmetkombinat” AJ moliya direktori Tatyana Budey ham ushbu joylashtirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bu bizning korxonamiz uchun obligatsiyalarning debyut emissiyasi. Kombinat investitsiya loyihalarini amalga oshirish, kapital bozorida kredit tarixini yaratish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish uchun obligatsiyalar chiqaradi. Kelgusida xalqaro fond bozorlariga chiqish — aksiyalarning qo‘shimcha emissiyasini amalga oshirish va yevroobligatsiyalarni joylashtirishni rejalashtirganmiz”, — deb ma’lumot berdi Tatyana Budey.

“O‘zmetkombinat” AJ obligatsiyalarini chiqarishga obuna bo‘lish kampaniyasi doirasida Freedom Finance O‘zbekiston shaharlarida Road Show tashkil etmoqda. Obuna kompaniyasini ochib beruvchi matbuot anjumani Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Farg‘ona, Andijon va Nukus shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun

Freedom Finance MChJ XK Freedom Holding Corp xalqaro guruhining bir qismidir. Freedom Finance — Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Ukraina, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Kipr, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya va AQSh kabi 10 dan ortiq davlatda vakili bo‘lgan, xalqaro darajadagi tizimni tashkil etuvchi investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Xoldingning bozor kapitallashuvi 4,1 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Buyurtma berish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun investorlar anderrayter Freedom Finance MChJ XKga murojaat qilishlari lozim.

OAV uchun aloqa raqamlari: Ponomaryova Irina, O‘zbekistondagi Freedom Finance MChJ XKning marketing bo‘yicha menejeri

+99878 147 75 55, 81312

Mobil aloqa uchun: +99890 005 51 53

E-mail: ponomareva@ffin.uz

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi