So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Avto

    O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 5 kishi vafot etdi, 3 nafari jarohat oldi

    07.12.2021, 23:11 30703

    O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan hodisalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etamiz.

    Yunusobodda Nexia-3 voyaga yetmagan bolani urib yubordi.

    Toshkent shahar Yunusobod tumanida 3-dekabr kuni soat 17:00 da Iftixor va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasida Nexia-3 avtomobil haydovchisi D.B. (1987-yilda tug‘ilgan) voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.

    YTH oqibatida piyoda M.A. (2006-yilda tug‘ilgan) badan shikastlari bilan avtomobil haydovchisi tomonidan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

    Mazkur fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda, uning natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishi ma’lum qilingan.

    Qashqadaryoda Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan “KamAZ” bilan to‘qnashdi.

    Qashqadaryo viloyatida Lacetti avtomobili oldindagi avtobusni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va to‘g‘risidan kelgan “KamAZ” bilan to‘qnashgan.

    YTH oqibatida Lacetti’dagi 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, haydovchi va yana bir yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

    Aniqlanishicha, vafot etgan shaxslar aka-uka bo‘lgan.

    Denovda “Jiguli” piyodani o‘limiga sababchi bo‘ldi

    2021-yil 4-dekabr kuni kechki soat 20:30 larda Surxondaryo viloyati Denov tumanida “Totuvlik” mahallasidan o‘tgan avtomobil yo‘lida “VAZ 2106” qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

    Piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

    Sho‘rchi tumanida ikki Damas to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi.

    2021-yil 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida o‘tgan M-41 avtomobil yo‘lining 1503-kilometrida Damas qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan boshqa Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

    To‘qnashuv oqibatida avtomobillarning birida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 25 yoshli fuqaro tan jarohati olib vafot etgan.

    Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark yonib ketdi.

    Foto: YHXBB

    Foto: YHXBB

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 7-dekabr kuni soat 19:40 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, KXAY ko‘chasida haydovchi J.M. (1990-yilda tug‘ilgan) Spark avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ustunga urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

    Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

    Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Qarshida Howo yuk mashinasi va Tico to‘qnashdi.

    Foto: YHXBB

    Foto: YHXBB

    2021-yil 6-dekabr kuni soat 14:20 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Amir Temur ko‘chasida haydovchi R.R. (1935-yilda tug‘ilgan) Tico avtomobilda harakatlanayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda, yon qatorda bo‘lgan haydovchi, 1963-yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvidagi Howo yuk avtomobilining yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

    YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

    Hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Sergelida 8 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

    Toshkent shahri, Sergeli tumani, Mehrigiyo ko‘chasida 6-dekabr kuni soat 12:30 larda 8 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida Cobalt haydovchisi jarohat olgan va shifoxonaga olib ketilgan.

    Voqeaga svetoforga yaqinlashgan sement tashuvchi yuk mashinasining tormozi tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Oqibatda yuk mashinasi Cobalt avtomobiliga borib urilgan va svetoforda turgan boshqa avtomobillarga zarar yetkazgan.

    Bundan tashqari, 6-dekabr kuni Sergeli tumanida yuk mashinasi ishtirokida yana bir YTH sodir bo‘ldi. Unda Mercedes-Benz yuk mashinasi va Nexia-3 avtomobili to‘qnashgan.

    Voqeaga Nexia-3 haydovchisi o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga yo‘l bermagani sabab bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • Surxondaryoda yuk mashinasi ko‘prikdan quladi, Qoraqalpog‘istonda Nexia bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi vafot etdi. YTH tafsilotlari
    • Qarshida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ona va uning aravachadagi farzandini urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
    • “Zil” va traktor bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi, Matiz bilan poyga o‘ynagan Nexia yo‘l chetidagi ayolni urib yubordi. YTH tafsilotlari

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga tashviqot varaqalari yuborishni taqiqlovchi qonunni bekor qildi

    Bugun, 10:27

    Ichki ishlar vazirligi nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar ro‘yxatini shakllantiradi

    Bugun, 10:23

    Toshkentda isitish magistralidagi nosozliklar sabab ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 10:17

    O‘zbekistonda ommaviy ahamiyatga ega noyob obyektlar eskiz loyihasi bo‘yicha arxitektura tanlovi o‘tkaziladi

    Bugun, 10:11

    O‘zbekistonda 15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

    Bugun, 09:45

    Donald Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi

    Bugun, 09:41

    Toshkent viloyatida salkam 400 gramm opiyni bojxonadan ichki a’zosiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Bugun, 09:37

    Kamola Arslonova “Opa-singillar”ga qanday kelib qolgani, turk qaynonasining sevimli kelini ekani va Gavhar Sharipova bilan bog‘liq armoni haqida (video)

    Bugun, 09:28

    O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi

    Bugun, 09:11

    Iroqdagi to‘yda yong‘in chiqib, 100 kishi halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 09:06

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?