Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovchini spirtli ichimlik iste’mol qilganini aniqlash uchun bosh kiyimidan foydalangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning noyabr oyida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida joylashgan dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Mamedov tomonidan Matiz to‘xtatilgan.
YPX xodimi o‘zaro muloqot vaqtida bosh kiyimini yechgan va haydovchidan puflashini so‘ragan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Bundan avval Toshkentda YPX xodimi qoida buzgan haydovchining yuziga hujjatlarini otib, ketib qolgani aytilgan video yuzasidan izoh berilgani, Qashqadaryoda avtomobilni haydovchi ruxsatisiz jarima maydonchasiga haydab ketgan YPX xodimi ishdan olingani hamda Chiroqchida IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmay, ular ustiga haydab, qochib ketgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)