• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bolalarga nogironlikni pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari belgilaydigan bo‘ldi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qarorga muvofiq, 1-dekabrdan boshlab shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega bo‘lmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib ko‘chma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda hamda sirtdan ko‘rikdan o‘tkazish orqali tashkil etiladi.

    Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar ro‘yxati asosida fuqaroning ishtirokisiz ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi.

    Shuningdek, xuddi shu sanadan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

    2022-yil 1-avgustdan boshlab dastlab Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi joriy etiladi. Bunda, fuqarolarga nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan (tibbiy yo‘llanma, kasallik tarixi va ambulator kartadan ko‘chirmalar va boshqa) ma’lumotlar axborot tizimiga elektron tarzda kiritilishi ta’minlanadi.

    Qarorga asosan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab ushbu axborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida to‘liq joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

    Bunda:

    • nogironlikni belgilashda davolash-profilaktika muassasalarining yo‘llanmalari, kasallik tarixidan ko‘chirmalar, ambulator karta, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holdagi baxtsiz hodisa yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq axborot tizimi orqali qabul qilinadi;
    • vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hamda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holdagi baxtsiz hodisa yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparati hamda axborot tizimi orasida ma’lumot almashinuvi asosida olinadi;
    • axborot tizimidagi fuqaroga tegishli ma’lumotlardan kelib chiqib, organizmning funksiyasi buzilishi va hayot faoliyati chegaralanishini hisobga olgan holda nogironlikni fuqarolarning ishtirokisiz belgilash tartibi joriy etiladi;
    • nogironligi bo‘lgan shaxsga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar, davolovchi hamda tibbiy xulosa bergan shifokorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida qayd etib boriladi;
    • nogironlik belgilangan shaxslarga pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun elektron ma’lumotlar “Pensiya” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi.
    Hujjatga muvofiq, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etiladi va ular doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilma bo‘ladi. Shu munosabat bilan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo‘yicha yuklatilgan qo‘shimcha funksiyalar bekor qilinadi.

    Qarorga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan, 18 yoshdan katta fuqarolarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

    Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ikkitadan, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bittadan pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qo‘shimcha ravishda bittadan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tuziladi.

    Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

    • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari bilan birgalikda nogironlikni belgilash sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
    • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironlikka olib keluvchi omillarni o‘rganish hamda sog‘lig‘i yomonlashuvining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
    • nogironligi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
    • sohaning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli asosda joriy etishda qatnashish.
    Hujjat bilan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish tartibini nazarda tutuvchi vrachlik-maslahat komissiyasi to‘g‘risida nizom ishlab chiqiladi.

    2022/2023-o‘quv yilidan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, reabilitologiya, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya mutaxassislarini tayyorlashdagi magistratura, klinik ordinatura, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarini xalqaro ta’lim standartlari asosida takomillashtirish choralari ko‘riladi.

    Mazkur qaror qabul qilingunga qadar berilgan nogironlik to‘g‘risidagi eski namunadagi ma’lumotnomalar hamda rasmiylashtirilgan eski namunadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlari navbatdagi qayta ko‘rik o‘tkazilgunga qadar yoki reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish (agar nogironlik muddatsiz belgilangan bo‘lsa) tugagungacha haqiqiy hisoblanadi.

    2022-yil 1-iyunga qadar BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YuNISEF’ning texnik ko‘magini bilan nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Bunda, xalqaro tajribani o‘rgangan holda Sog‘liq va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasi asosida fuqarolarga nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tish Konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

    Avvalroq O‘zbekiston Nogironlar jamiyati raisi, Karlar jamiyati raisi va Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi senatorlar tomonidan “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning qaytarilishi yuzasidan murojaat bilan chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Senatning yigirmanchi yalpi majlisida senatorlar “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning ba’zi normalarini qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblab, uni qaytargan edi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlarning qonunni qabul qilishga qarshi bildirgan har bir argumentini rad etib, ayrim siyosatchilar “xalqdan kelib chiqayotgan yangi g‘oyalarni tushunmasligini” ta’kidlagandi. Oqibatda Senat raisi uzoq davom etgan debatga aralashishga va tomonlarni tinchlantirishga majbur bo‘lgandi.

    Mavzuga doir: 

    • “Hech kim nogironlikdan sug‘urtalanmagan”. Olim Abdulla Abduxalilov bilan ko‘zi ojizlar muammolari haqida suhbat
    • “Hamma ishni qila olaman, hech kimga muhtojligim yo‘q”. “Jasorat” medali bilan taqdirlangan Sohiba hikoyasi

    29.11.2021, 11:54   Izoh (0)   11471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onadagi gaz zapravkada sodir bo‘lgan portlash oqibatida besh kishi jarohat oldi

    29.11.2021, 11:28

    Toshkentdagi korxona yotoqxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 18 kishi jarohat oldi

    29.11.2021, 10:35

    O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi

    29.11.2021, 10:03

    Rasul Kusherbayev dam olish kunlari dollarni “qora bozor”da almashtirishga majbur bo‘lganini yozib, Markaziy bankni tanqid qildi

    29.11.2021, 09:48

    “Toshkentda yo‘lkira narxi Nyu-Yorkka qaraganda ikki barobar qimmatroq” — iqtisodchi Botir Qobilov

    29.11.2021, 08:42

    Qashqadaryoda sport maktabi direktori 1,5 mln so‘m pora olgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    29.11.2021, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.