“O‘zgidromet” dam olish kunlari ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 26-noyabr kuni kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda havo bulutli, ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi  yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari sovuq antisiklon respublika hududidan asta-sekin chekinadi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Kechalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kuni esa 3-15 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning shimolida harorat kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.