Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari turkmanistonlik hamkasblari bilan birgalikda 26-noyabrdan boshlab davlat chegarasi orqali ikkita o‘tkazish punkti faoliyatini tiklash ustida ishlamoqda, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Transport vazirligi

Foto: Transport vazirligi

Qayd etilishicha, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli “Xo‘jayli—Kunya-Urgench” hamda “Shovot—Dashoguz” chegara o‘tkazish punktlari yopilgan edi. Ular bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari uchun faoliyat yuritayotgan “Olot” chegara o‘tkazish punktiga qo‘shimcha bo‘lishi kerak.

26-noyabrdan sanitariya-epidemiologiya tadbirlariga qat’iy rioya etgan holda neytral zonada tirkama va yarim tirkamalarni kontaktsiz almashish yo‘li bilan qayta tiklash kutilmoqda. Ikki punktning neytral zonalarida sinov yuk tashuvlari 25-noyabr kuni amalga oshirildi.

Bu haqda 18-noyabr kuni O‘zbekiston–Turkmaniston ishchi guruhlarining transport va logistika bo‘yicha videokonferensaloqa yig‘ilishi formatidagi uchrashuvida kelishuvga erishildi, deya aniqlik kiritdi vazirlik.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi