FVV qutqaruvchilari Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xavfli hududdagi xavfni bartaraf etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 24-noyabr kuni Qamchiq dovonidan o‘tuvchi Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 248-kilometrida qutqaruvchilar yo‘lga tushish xavfi bo‘lgan katta tosh massalarini sun’iy ravishda tushirdi.
Vazirlik bu jarayon aks etgan videoni e’lon qildi. Unda qutqaruvchilar yo‘l bo‘yidagi tog‘ga chiqib, tushishi xavfi bo‘lgan katta toshlarni maxsus uskuna yordamida tushirayotgani, buning natijasida katta tosh bo‘lagi oldindan harakat cheklangan yo‘lning qatnov qismiga tushganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)