Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning I-Fly Airlines aviakompaniyasi 25-noyabrdan boshlab O‘zbekistonga parvozlarini qayta tiklaydi. Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentliggia tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Airlinegeeks

Foto: Airlinegeeks
O‘zbekiston aviatsiya rasmiylari ikki haftalar oldin I-Fly Airlines aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qo‘ygandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, aviakompaniya ro‘yxatda ko‘rsatilgan barcha muammolarni bartaraf etgan va mamlakatning uchta shahri — Navoiy, Urganch va Namanganga charter reyslarini qayta tiklashi mumkin.

“Agar keyinchalik ular talablarimizni buzmasa, barchasi yaxshi bo‘ladi, ular ruxsat oladi”, — deya ta’kidlagan “O‘zaviatsiya” vakili.

Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr kuni Urganch aeroportida reysi jadvalda bo‘lmagan 290 nafar yo‘lovchi to‘plangan edi. Ular I-Fly Airlines aviakompaniyasining Urganch—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha reysida uchish uchun kelgan, biroq bu parvoz jadvalda mavjud bo‘lmagan.

2020-yilning oktabr oyida aviakompaniyalarga O‘zbekiston aeroportlariga charter reyslarini amalga oshirish uchun vakolatli organ “O‘zaviatsiya” agentligidan tegishli ruxsatnoma olmasdan turib aviachiptalarni sotish amaliyotini tugatish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan.

I-Fly Airlines aviakompaniyasi ushbu ogohlantirishga qaramay, tegishli ruxsatnomalarni olmasdan qo‘pol ravishda talablarni buzib, 2021-yil noyabr oyida Moskva–Urganch–Sankt-Peterburg–Urganch–Moskva, Navoiy–Moskva hamda Sankt-Peterburg—Navoiy–Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida charter parvozlari uchun aviachiptalar sotuvini tashkil etgan. Natijada aviachiptada ko‘rsatilgan vaqtda yo‘lovchilar aerovokzallarga kelgan va belgilangan yo‘nalishda parvozning bajarilmasligi yo‘lovchilar o‘rtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelgan. Shu munosabat bilan “O‘zaviatsiya” tomonidan I-Fly Airlines’ga sanksiya tariqasida O‘zbekistonga charter parvozlarini amalga oshirishlarini vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Avvalroq O‘zbekiston Transport vazirligi 2021/2022-qish mavsumi parvozlar jadvaliga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi