• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bloger Fotima Jo‘rayeva kaltaklanmagan, aksincha, o‘zi janjal chiqarishga uringan” — “Andijon hududiy elektr tarmoqlari”

    Bloger Fotima Jo‘rayeva o‘zining Facebook sahifasida Andijon viloyati Ulug‘nor tumani elektor tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisi tomonidan kaltaklanganini aytib, murojaat qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Andijon hududiy elektr tarmoqlari”ning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hisobchi blogerni tinchlantirmoqchi bo‘lgan, biroq u haqoratli so‘zlar bilan uni hamkasblari oldida obro‘sizlantirgan.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Bloger o‘z murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisidan o‘zi huquqshunos sifatida ishlab kelayotgan fermer xo‘jaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sun’iy ravishda oshirilgani bo‘yicha tegishli hujjatlarni berishini talab qilganini bildirgan. Shunda korxona bosh hisobchisi unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni haqorat qilib, yuziga urgani va qo‘l telefonini sindirib yuborganini aytib, aybdor korxona xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

    “iPhone 12 Pro Max telefonimni olib, sindirib, meni urib, yerga yotqizib tepdi. To‘rt nafar erkak qarab turdi. Menga sherik bo‘lgan ikki fermer ayol bor edi, ularni ham urushdi. Telefonimni so‘raganimda uni sindirib berishdi, lekin ishlayapti”, — degan bloger.

    Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov hozirda mazkur murojaat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Uning bildirishicha, Fotima Jo‘rayevaning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

    “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati ham holatga munosabat bildirib, holat nazoratga olingani, buning uchun uchun maxsus komissiya tuzilib, Ulug‘nor tumaniga yuborilgani, o‘rganish yakunlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

    “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, komissiya tomonidan aniqlangan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Fotima Jo‘rayeva 18-noyabr kuni tuman elektr tarmoqlariga kelib, o‘zini bloger sifatida tanishtirgan va hech qanday hujjat taqdim etmasdan o‘zi faoliyat yuritayotgan Ulug‘nor tumanidagi “Istiqlol zar tolasi” fermer xo‘jaligining elektr energiyasi ta’minotiga oid to‘lovlar bo‘yicha joriy holatni aniqlashtiruvchi hujjatlarni talab qilgan. Korxona hisobchisi o‘z navbatida, ma’lumotlar faqat korxona rahbariga taqdim etilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

    “Hisobchi Saydullo Mamadaliyev bloger ta’kidlayotganidek, uni urib tan jarohati yetkazmagan. Aksincha, u Fotima Jo‘rayevani tinchlantirmoqchi bo‘lganida, turli haqoratli so‘zlar bilan hamkasblari oldida obro‘sizlantirgan. Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu holatlarni tasdiqlovchi video korxona xodimlarining qo‘l telefoniga tushirilgan”, — deyiladi xabarda.

    E’lon qilingan video mojaroning qaysi vaqtida — oldinmi yoki keyin tavsirga olingani aytilmagan. Lekin kadrlardan ko‘rish mumkinki, bloger “telefonini berishlarini” talab qilmoqda. Bundan video olingan vaqtda uning telefonini kimdir olib qo‘ygani to‘g‘risida xulosa kelib chiqadi. To‘liq video berilmagani sabab bloger Fotima Jo‘rayevaning e’tiroz bildirgan joylari ko‘rsatilmagan.

    Jo‘rayeva o‘z murojaatida fermer xo‘jaligining iste’mol qilingan elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligini sun’iy oshirilishi to‘g‘risida gapirib o‘tgan. Komissiya a’zolarining ta’kidlashicha, ushbu holat o‘rganilganda tumanda paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan “Istiqlol zar tolasi” fermer xo‘jaligi bilan Ulug‘nor tuman elektr ta’minoti korxonasi o‘rtasida elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgani aniqlangan.

    Qayd etilishicha, ushbu fermer xo‘jaligiga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi qaroriga asosan, xo‘jalik tomonidan paxta va g‘alla ekinlarini yetishtirish uchun sarflangan elektr energiyasi uchun to‘lovlar Davlat budjetidan ajratiladigan subsidyalar hisobiga to‘lanishi belgilangan bo‘lib, mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Ulug‘nor tumanida tuzilgan ishchi guruh tomonidan jadval ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligining jami 74,33 gektar ekin yer maydoniga 2021-yil hisobidan 47,2 gektar paxta va 27,13 gektar boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirilgani, fermer xo‘jaligining ixtiyorida 1 dona yaroqli nasos agregati mavjudligi inobatga olinib, xo‘jalikka 2021-yil uchun limit sifatida 345,0 kVt elektr energiyasi ajratilgan.

    Bundan tashqari, mazkur xo‘jalikning 2021-yil 1-yanvar holatiga iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlardan 213,3 million so‘m qarzdorlik va muddati o‘tgan qarzdorlik uchun hisoblangan 19,9 millionso‘m penya, jami bo‘lib esa 233,2 million so‘m miqdorida qarzdorligi bo‘lgan.

    Xo‘jalik tomonidan 2021-yilning 10 oyi davomida 47,1 million so‘mlik elektr energiyasi iste’mol qilingan bo‘lib, tuman moliya bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaligi iste’mol qilgan elektr energiyasi uchun jami 238,5 million so‘m miqdoridagi mablag‘lar o‘tkazib berilgan. Shunday bo‘lsada, fermer xo‘jaligining iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlardan 91 million so‘m miqdorida hamda 72,9 million so‘m miqdorida penya, jami 164 million so‘m miqdoridagi qarzdorligi qolgan.

    “Prezidentimizning 2018-yil 28-fevraldagi ‘Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirilishini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi ‘Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarorlariga asosan paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining 2018-yil yanvar holatiga elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorliklarining to‘lov muddati 3 yilga kechiktirilgan. Mazkur muddat 2021-yilning 1-yanvar kuni o‘tib bo‘lgan. Shuni inobatga olib ‘Istiqlol zar tolasi’ fermer xo‘jaligining to‘lanishi kechiktirilgan 44,4 million so‘m miqdoridagi qarzdorligi ham dasturga kiritilgan. Natijada hozirgi kun holatiga fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan jami qarzdorligi 208,4 million so‘mni tashkil qilmoqda. Shakllangan qarzdorlik bo‘yicha xo‘jalik rahbari Karima Toshtemirovaga tushuntirish berilgan. Shu tariqa fermer xo‘jaligining qarzdorligi sun’iy oshirilmagani o‘z tasdig‘ini topgan. Shundan so‘ng Toshtemirova tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlariga nisbatan e’tirozi yo‘qligini bildirib o‘tgan”, — deydi “Andijon HETK” AJ korrupsiyaga qarshi komplayns bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Iminov.

    Bloger tarqatgan murojaatida o‘sha kungi unga sherik bo‘lgan ikki fermer ayol ham kaltaklangani aytilgan. Hamidovaning ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha qilishicha, fermer xo‘jaligi rahbari Karimaxon Toshtemirova bilan suhbatlashilganda unga nisbatan hech kim kuch ishlatmagani ma’lum bo‘lgan.

    “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ voqeaga huquq-tartibot idoralari tomonidan huquqiy baho berilishi hamda dastlabki tergov jarayonlarigacha olib boriladigan o‘rganishlarga jamiyat tomonidan har tomonlama xayrixohlik ko‘rsatilishini ma’lum qilib o‘tadi”, — deyiladi munosabatda.

    Mavzuga doir: 

    • Tanqidiy maqolalar sabab zaharlangani aytilgan qo‘qonlik bloger vafot etdi
    • Avtobloger Bobur G‘aniyev 15 sutkalik qamoqdan ozodlikka chiqdi. U endi o‘z blogini yuritmaslikka qaror qilgan
    • Jurnalist va blogerlarga tahdid qilgan farg‘onalik bosh shifokor vazifasidan ozod qilindi

    24.11.2021, 12:48   Izoh (0)   35138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    100 dollardan 1 500 dollargacha. Xorijdagi o‘zbekistonlik talabalar yotoqxona uchun bir oyda qancha pul sarflaydi?

    24.11.2021, 12:18

    Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilgani aniqlandi

    24.11.2021, 10:57

    O‘zbekistonda vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtiriladi

    24.11.2021, 10:27

    O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylarida qancha nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

    24.11.2021, 09:52

    O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 davlat nomi ma’lum bo‘ldi

    24.11.2021, 09:05

    O‘zbekiston yanvar—oktabr oylarida Xitoyga 2,6 mln tonna gaz eksport qildi

    24.11.2021, 08:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.