Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va VEB.RF o‘rtasida 40 million yevrolik kelishuvga erishildi.

VEB.RF kuzatuv kengashi rahbari o‘rinbosari D. V. Algulyan va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ushbu bitimni imzolashdi.

VEB.RF davlat taraqqiyot korporatsiyasi mamlakatimizda neft-gaz sohasidagi loyihalarni va chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida “O‘zbekneftgaz” jamiyatining ishonchli moliyaviy sheriklaridan biridir.

Jalb qilinadigan mablag‘lar asosan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, quduqlarni burg‘ilash va uglevodorodlarni qazib chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnologik uskuna va moddiy-texnik resurslarni Rossiya davlatidagi ishlab chiqaruvlardan sotib olish bo‘yicha shartnomalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Aytish joizki, 2020-yilda ham VEB.RF korporatsiyasi tomonidan jamiyatga 40 million yevrolik bitim imzolanib, uning doirasida zarur mahsulot va xizmatlar xarid qilingan.

Mazkur mablag‘larining jalb qilinishi jamiyat oldida turgan asosiy ustuvor vazifa, ya’ni uglevodorodlar zaxirasini oshirish va ularni qazib chiqarish hajmlarini oshirishga, iqtisodiy tarmoqlar va aholiga uzluksiz ravishda tabiiy gaz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, VEB.RF Davlat taraqqiyot korporatsiyasi iqtisodiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiruvchi davlat investitsiya banki bo‘lib, uning asosiy vazifasi infratuzilma, sanoat, ijtimoiy soha, texnologik salohiyatni mustahkamlash va aholi turmush tarzini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda hissa qo‘shishdan iborat.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...