Hukumat qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan).
Shuningdek, ijaraga oluvchida alkogolli ichimlik, giyohvand moddasi yoki o‘zgacha mastlik aniq ko‘rinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilangan.
Bundan tashqari, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganini “Ma’muriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq avtomototransport vositalarini 30 kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash shart emas.
Izoh (0)