• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nyu-Yorkning gangsterlarga to‘la makonidan “Oskar”gacha. Nimjon va kasalmand bolakay qanday qilib Martin Skorsezega aylandi?

    “Taksi haydovchisi”, “G‘azabnok buqa”, “La’natlangan orol” hamda “Uolt stritlik bo‘ri” kabi yigirmadan ortiq kinoshedevrlar va o‘ndan ortiq hujjatli filmlarga mualliflik qilgan, afsonaviy rejissor Martin Skorsezening hayot va ijod yo‘liga “Daryo” nazar tashlaydi.

    Martin Skorseze

    Martin Skorseze
    Foto: Getty Images / Mayk Marslend

    Gangsterlar makoni

    Martin Skorseze 1942-yilning 17-noyabrida Nyu-Yorkning Kuins tumanida tug‘ilgan. Ota-onasi — italiyalik muhojirlar ikkinchi jahon urushi arafasida Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib kelgandi. Martin nimjon va kasalmand bola edi. Bolaligidan astmaning og‘ir turidan aziyat chekar, muntazam dori ichib yurgani uchun bolalar uni kalaka qilardi. Shu sababli u boshqa bolalarga qo‘shilib, ko‘cha changita olmasdi. Lekin uni ota-onasi yoki akasi ba’zan kinoteatrga olib borib turgan.

    U yashagan tuman jinoyatchilar uyasi edi — kunora otishmalar sodir etib, tumanni boshiga ko‘targan sitsiliyaliklarga to‘lib ketgandi. Martin boshiga o‘q uzilgan odam jasadini ilk bor besh yoshida ko‘radi. U yerda qotillik odatiy ish sanalardi. Rejissor keyinchalik bergan intervyularida hazillashib, qachonlardir gangster (bosqinchi) bo‘lishni ham orzu qilgani haqida aytib o‘tgan. Biroq ota-onasi dindor katolik kishilar bo‘lib, uning ruhoniy bo‘lib yetishishini istardi. Bir ruhoniy, bir gangster bo‘lishni xayollab yurgan Martinda esa bu vaqtda kinoga muhabbat uyg‘onadi.

    U o‘sha davrdagi barcha filmlarni katta qiziqish bilan tomosha qilar, va ayniqsa, tarixiy kinolarni juda sevardi. Jumladan, Govard Houksning “Fir’avnlar maskani” (Land of the Pharaohs, 1955) hamda Entoni Manning “El Sid” (El Cid, 1961) filmlarini o‘zgacha ishtiyoq bilan tomosha qilgan. Bo‘lajak rejissorda o‘sha vaqtlari neorealistik kinoga ham muhabbat uyg‘onadi. U italyan tilidagi hujjatli filmlardan ta’sirlangani, shuningdek, Vittorio de Sikaning “Velosiped o‘g‘rilari” (Bicycle thieves, 1948) hamda Roberto Rossellinining “Rim — ochiq shahar” (Rome, open city, 1945) filmlaridan ilhom olganini aytadi. Rejissor “Italiyaga safarim” (My voyage to Italy) nomli hujjatli filmda Roberto Rossellinining italyan neorealizmi uslubida suratga olingan “Payza” filmini (Paisa, 1946) Sitsiliyadan ko‘chib kelgan muhojir qarindoshlari bilan birga ko‘rganini aytadi. U, shuningdek, fransuz yangi to‘lqinidan ta’sirlanganini aytib, bu haqida shunday deydi:

    Fransuz yangi to‘lqini o‘sha vaqtdagi barcha rejissorlar faoliyatiga ta’sir qilgan — filmlarni ko‘rgani yo ko‘rmaganidan qat’i nazar.
    Skorseze, shuningdek, Ingmar Bergman, Federiko Fellini, Ray Satjit, Mikelanjelo Antonioni kabi kino ustalarini o‘z karyerasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan kishilar sifatida tilga oladi. Bo‘lajak rejissor ko‘rgan filmlardagi sevimli qahramonlarini qog‘ozga chizar, keyin esa o‘z personajlarini o‘ylab topardi. Dastlab, ota-onasining istagiga ko‘ra, Bronksdagi ruhoniylar tayyorlovchi Kardinal Hayz o‘rta maktabida o‘qiy boshlagan bo‘lsa ham, keyin Nyu-Yorkdagi san’at va fan kollejiga hujjat topshiradi va 1964-yilda u yerdan san’at bo‘yicha bakalavr darajasini oladi.

    Ilk izlanishlar

    Martin Skorseze rejissor sifatidagi ilk izlanishlarini Nyu-York kollejida ta’lim olib yurgan vaqtlari “Senday jononga bu yerda nima bor?” (What’s a nice girl like you doing in a place like this?) va “Gap faqat senda emas, Myurrey!” (It’s not just you, Murray!) kabi qisqa metrajli filmlari bilan boshlaydi. Rejissorning 1967-yilda suratga olingan “Katta qirish” (The big shave) nomli qisqa metrajli kartinasi alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan. Mazkur filmda AQSh hukumatining Vyetnamdagi mojaroga aralashishi tanqid qilingan, shu sababli uning ikkinchi nomi “Vet’67” edi.

    “Katta qirish”dan so‘ng Skorseze “Avval men qo‘ng‘iroq qilaman” (I call first, 1967) ishchi nomi ostidagi ilk to‘liq metrajli filmini suratga oladi. Unda bosh rolni o‘sha vaqtlardagi yosh aktyor Harvi Keytel o‘ynagan. Kartinada nyu-yorklik Jey ismli yigit va uning sevgilisi haqida hikoya qilinadi. Suratga olish ishlari yakunlanayotgan vaqtda nomi “Eshigimni qoqqan kim?”ga (Who’s That Knocking at My Door) o‘zgartiriladi.

    Rejissorning nisbatan jiddiyroq ishi 1973-yilda katta ekranlarga chiqqan “Zolim ko‘chalar” (Mean Streets) filmi bo‘lib, aktyorlar tarkibiga Harvi Keyteldan tashqari, o‘sha vaqtlar tanilib ulgurmagan Robert de Niro ham kiritilgandi. Kartina tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yaxshi baholanib, AQSh prokatida 3 million dollar yig‘ishga erishgan.

    Kelasi yili Skorsezening o‘zi ham kichik epizodni o‘ynagan “Alisa endi bu yerda yashamaydi” (Alice Doesn't Live Here Anymore) nomli tragikomediya dunyo yuzini ko‘radi. Filmda turmush o‘rtog‘i vafot etib, qo‘lida bola bilan ishsiz qolib ketgan Alisa ismli ayol taqdiri haqida hikoya qilinadi. Bosh rolni ijro etgan aktrisa Ellen Byorstin eng yaxshi ayol roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan va kinoasar eng yaxshi film hamda eng yaxshi ayol roli uchun “BAFTA” mukofotiga ham loyiq ko‘rilgan.

    Shuhrat pillapoyasi

    1976-yilda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan “Taksi haydovchisi” (Taxi Driver) filmi Martin Skorsezening kino rejissori sifatidagi iste’dodini to‘la ochib bergan deyish mumkin. Tanqidchilar rejissorlik mahoratini e’tirof etish barobarida bosh rol ijrochisi Robert de Niroga ham ijobiy baho bergan.

    Robert de Niro (oldinda) va Martin Skorseze (orqada) “Taksi haydovchisi” filmi suratga olinayotgan vaqtda

    Robert de Niro (oldinda) va Martin Skorseze (orqada) “Taksi haydovchisi” filmi suratga olinayotgan vaqtda
    Foto: Getty Images / Stiv Shapiro

    Qonli sahnalarga boy bo‘lgan ushbu filmda o‘tmishda dengiz piyodalari safida xizmat qilib, Vyetnam jangida omon qolgan taksi haydovchisi Trevis Bikl haqida so‘z boradi. Yon-verida ro‘y berayotgan xunrezliklardan bezgan Trevis shaharni “tozalash” kerak degan qarorga keladi. U to‘rtta to‘pponcha sotib olib, qalloblik, bosqinchilik, qo‘shmachilik qilib yurganlardan birma-bir o‘ch oladi.

    Otishmalarda o‘zi ham yaralanib, omon qolgan yigitning mashinasiga oxirgi sahnada Betsi ismli qiz o‘tiradi. Ular asli avvaldan tanish bo‘lgan — yigitning aybi bilan qiz undan yuz o‘girgandi. Ammo keyin uning qahramonligi haqida eshitib, u bilan aloqani yana tiklamoqchi bo‘lgandi. Bikl qizni uyigacha eltib qo‘yadi, lekin yo‘l haqini olmaydi va yo‘lida davom etadi. Qotillik sahnasidan keyingi voqealar qahramonning so‘nib borayotgan tasavvurida sodir bo‘lgan degan qarash keng tarqalgan.

    1981-yilda Trevis Biklga taqlidan AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiqasd uyushtirgan va boshqa bir qator telbaliklarga qo‘l urgan Jon Hinkli qotillik qilishdan avval “Taksi haydovchisi”ni kamida o‘n besh marta ko‘rgani aytiladi. Taniqli rejissor Kventin Tarantino 2019-yilda premyerasi bo‘lib o‘tgan va bir qator yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lgan “Joker” filmini tanqid qilib, uni “Taksi haydovchisi”ga juda o‘xshab ketishini ta’kidlaydi.

    Ushbu kinokartina to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha “Oskar” (1977) ikkita yo‘nalish bo‘yicha “Oltin globus” (1977), Kann kinofestivalining “Oltin palma yaprog‘i” va boshqa nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

    O‘sha yillar Skorseze giyohvandlikdan aziyat chekardi. 1978-yilda kokain miqdorini oshirib yuborish oqibatida bir o‘limdan qoladi. Robert de Niro uni kasalxonaga yotqizib, boshqa hech qachon giyohvand modda qabul qilmaslikka ko‘ndirishga urinib ko‘radi va rejissordan bokschi haqida film suratga olishni iltimos qiladi. Avvaliga Skorseze buni rad etadi, biroq de Niro uni baribir ko‘ndiradi. Ko‘pchilik rejissorni aynan de Niro ishga qaytishga ko‘ndirib, hayotini saqlab qolganini ta’kidlaydi.

    Martin Skorseze (chapda) va Robert de Niro (o‘ngda)

    Martin Skorseze (chapda) va Robert de Niro (o‘ngda)
    Foto: Getty Images / Stiv Shapiro

    Kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan amerikalik bokschi Jeyk Lamotta haqida hikoya qiluvchi “G‘azabnok buqa” (Raging Bull) filmi Skorsezening navbatdagi muvaffaqiyatli ishlaridan biriga aylanadi. Kartina 1980-yilda suratga olingan bo‘lib, bosh rollarni Robert de Niro, Jo Peshi hamda Keti Moriarti ijro etgan.

    Film AFI versiyasiga ko‘ra Amerikaning 100 ta eng yaxshi trillerlari ro‘yxatida 51-o‘rinni band qilgan va “Eng yaxshi erkak roli” hamda “Eng yaxshi montaj” yo‘nalishlarida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan.

    Skorsezeni shuhrat pillapoyasida yuqoriroq pog‘onaga olib chiqqan shedevrlaridan yana biri 1990-yilda ekranga chiqqan “Dongdor yigitlar” (Goodfellas) filmi edi. U hayotiy voqealarga asoslangan bo‘lib, gangsterlar to‘g‘risidagi eng shov-shuvli asarlar sirasiga kiradi. Unda bosh rollarni Rey Liotta, Robert de Niro, Jo Peshi, Lorreyn Brakko va Pol Sorvino kabi aktyorlar ijro etgan.

    Filmda Genri Hill ismli o‘smir gangsterlarga qo‘shilish maqsadida mahalliy zo‘ravonlarga “yugurdak” bo‘lib ishga yollanadi. Yigit asta-sekin, biroq ishonchli qadamlar bilan iyerarxik zinapoyadan ko‘tarila boshlaydi. Unga tobora mas’uliyatliroq va imtiyozi ham shunga yarasha ko‘proq vazifalarni ishonib topshira boshlashadi.

    Vaqt o‘tishi bilan Genri mahalliy to‘da boshilardan biri Pol Sisero e’tiborini ham o‘ziga tortadi. U yosh yigitni iqtidorli o‘g‘ri va talonchi Jimmi Konvey bilan tanishtiradi. Jimmi, o‘z navbatida, uni Tommi Devitoga ro‘para qiladi. Noqonuniy tamaki savdosi vaqtida qo‘lga tushgan paytida Genri ish beruvchilari va sheriklarini sotib qo‘ymagani uchun ular orasida hurmat qozonadi.

    Yana bir qancha jinoiy sarguzashtlarni boshidan kechirgan Genri qayta hibsga olinadi. Tergov vaqtida u garov evaziga ozod etiladi, lekin endi undan hech kim mamnun emasdi. Poli unga yashash uchun arzimas choychaqa berib, o‘zidan nari quvadi, Jimmi esa Genrini o‘ldirishga qasd qilgandi. Buni sezib qolgan Genri sobiq hamtovoqlariga qarshi ko‘rsatma beradi, so‘ngra o‘z ismini o‘zgartirib, guvohlarni himoya qilish dasturi ostida abadiy g‘oyib bo‘lishi kerak edi.

    Ushbu kartina “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy hisobda beshta “BAFTA”, Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestival mukofoti hamda “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha Jo Peshiga topshirilgan “Oskar”ni qabul qilib olgan. U, shuningdek, 2020-yil avgust holatiga ko‘ra “IMDb versiyasi bo‘yicha 250 ta eng yaxshi film” ro‘yxatida 17-o‘rinni egallagan.

    Martin Skorsezening 2010-yilda katta ekranlarga uzatilgan “La’natlangan orol” (Shutter Island) nomli trilleri jumboqlarga to‘laligi bilan ajralib turadi. Bosh rollarda Leonardo Di Kaprio, Mark Ruffalo, Ben Kingsli, Emili Mortimer kabi aktyorlar o‘ynagan. Mazkur kartina kutilmagan yakuni bilan tomoshabinlarni lol qoldiradi va alohida tayyorgarlik bilan qayta ko‘rishga undaydi. Uni tomosha qilishda mayda detallargacha ko‘zdan qochirmaslik kerak.

    Chapdan o‘ngga: Harvi Keytel, Irvin Uinkler, Martin Skorseze, Leonardo di Kaprio va Robert de Niro

    Chapdan o‘ngga: Harvi Keytel, Irvin Uinkler, Martin Skorseze, Leonardo di Kaprio va Robert de Niro
    Foto: Getty Images / Arnold Tyorner

    XX asrning 50-yillari o‘rtalarida Edvard (Teddi) Deniyels va Chak Oul ismli ikki marshal Shatter orolidagi jinoyatchilar saqlanuvchi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yo‘l oladi. Ular o‘z bolasini o‘ldirib, ushbu kasalxonaga tushgan va qochib ketgan Reychel Solando ishi bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borishi kerak edi. Filmning ilk daqiqalarida tomoshabin Teddining shaxsiy hayoti bilan bog‘liq fojiani bilib oladi: xotini pastki qavatdagi xonadonda yong‘in chiqqan payt bo‘g‘ilib o‘lganini aytadi. Boz ustiga, Teddining o‘zi dengiz kasalligi tufayli oyoqda bazo‘r turardi.

    Qidiruv ishlarini boshlagan Teddi ayolning sirli ravishda g‘oyib bo‘lib qolganidan tashqari, boshqa ba’zi narsalardan ham taajjubga tushadi. Shifokorlar, shifoxona xodimlari va hatto sherigi Chak ham o‘zini qandaydir g‘alati tutardi. Ba’zi bemorlar esa aytayotgan gaplarini avvaldan yodlab olganday, rol o‘ynayotganday edi. Bundan tashqari, soqchilar ham qochib ketgan ayolni topishga harakat qilmasdi. Voqealar rivoji tobora qizg‘in va sirli tus olib, oxiri Teddi asli o‘sha kasalxonadagi bemorlardan biri ekani oydinlashadi.

    Teddining ismi aslida Endryu Leddis edi. Uning turmush o‘rtog‘i aqldan ozgan ayol bo‘lib, Endryu uyda yo‘q bo‘lgan vaqtda uch farzandini o‘z qo‘llari bilan suvga bo‘ktirib o‘ldiradi. Buni ko‘rgan er xotinining joniga qasd qiladi va bir vaqtning o‘zida butun oilasidan ayrilib qolganiga dosh bera olmay, u ham aqldan ozib, o‘ziga boshqa reallik o‘ylab topgan bo‘ladi. Shifoxonadagilar esa uni hushiga keltirish maqsadida rol o‘ynayotgandi.

    Skorsezening yana bir shov-shuvli loyihalaridan biri bu, albatta, “Uol stritlik bo‘ri” (The Wolf of Wall Street) filmidir. Undagi bosh rollarni Leonardo Di Kaprio, Jonna Hill, Margo Robbi, Mettyu Makkonaxi, Jan Dyujarden kabi aktyorlar ijro etgan. Film premyerasi esa 2013-yilda bo‘lib o‘tgan.

    Ushbu kinokartina real voqealarga asoslangan bo‘lib, boshlanishi 1987-yilga to‘g‘ri keladi. Muvaffaqiyatli investitsiya bankining brokeriga aylangan Jordan Belfortni uning boshlig‘i Mark Hanna bema’ni hayot tarziga boshlab, fahsh ishlar va giyohvand moddalarga mukkasidan ketishiga sababchi bo‘ladi. Tez orada Dou-Jons indeksi to‘satdan qulab, bank yopilib ketgach, Jordan mayda aksiyalar bilan shug‘ullanuvchi kichik bir muassasaga ishga kiradi.

    Uning mijozlar bilan muloqot qilish uslubi va tug‘ma xarizmasi tez orada samara berib, Donni ismli qo‘shnisi bilan birgalikda shaxsiy firmasini ochishga muvaffaq bo‘ladi. Firma jadallik bilan kuchayib ketadi. Forbes jurnali Jordanni o‘z maqolasida “Uol stritlik bo‘ri” deb ataydi.

    Jordan va uning firmasidagi barcha xodimlar ishdan bo‘sh vaqtini kayf-safo bilan o‘tkazardi. Shu orada FQB agenti Patrik Denem uning juda tez boyib ketgani bilan qiziqib qoladi. Oradan ikki yil o‘tib, agent Jordan Belfortni hibsga oladi. Ertasi kuni Belfort kiyimi ostiga yashirilgan mikrofon bilan Donnining yoniga boradi. U o‘z hamtovoqlarini agentga tutib berish vazifasini zimmasiga olgandi. Lekin u yonida mikrofon borligini Donniga yozma ravishda bildirib qo‘yadi. Denem esa Belfortni shartni buzgani uchun hibsga oladi. Firmani FQB bosadi.

    Uch yil o‘tib, ozodlikka chiqqan Belfort savdo-sotiq ishlari bo‘yicha seminarlar tashkil etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

    Yutuq va mukofotlar

    Hayotining 50 yildan ko‘proq vaqtini kinoga bag‘ishlagan rejissor bugungi kungacha 25 ta to‘liq metrajli film va o‘n oltita hujjatli filmni suratga olgan. Mehnatlar samarasi o‘laroq, rejissor “Oskar” (2007), “Oltin globus” (2003, 2007, 2010, 2012) “BAFTA” (1991 – uch marta, 2012), “Oltin palma yaprog‘i” (1976), “Oltin ayiq” (1995), eng yaxshi rejissorlik ishi uchun Kann kinofestivali mukofoti (1986), “Kumush sher” (1990), “Sezar” (2000), “Emmi” (2011, 2012, – ikki marta), “Gremmi” (2006) kabi mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

    Martin Scorseze “Oskar” mukofotini qabul qilib olgan vaqt

    Martin Scorseze “Oskar” mukofotini qabul qilib olgan vaqt
    Foto: Getty Images / Maykl Kolfild

    Skorseze filmlari ko‘pincha hayotiy voqealarga asoslangan bo‘lib, o‘zi ham tez-tez kichik epizodik rollarda ko‘rinib turadi. 2018-yilda uning familiyasiga ishora qiluvchi Scorsesean so‘zi Oksford lug‘atiga kiritilgan.

    Shaxsiy hayot

    Rejissor butun umri davomida besh marta turmush qurgan. Birinchi turmush o‘rtog‘i Lareyn Mari Brennan bilan yashayotgan vaqtida Ketrin ismli qizi dunyoga kelgan. 1976-yilda Skorseze yozuvchi Juliya Kemeronga uylanadi. Bu turmushi vaqtida uning ikkinchi qizi Domenika Kemeron Skorseze tug‘iladi. U otasining 1993-yilda suratga olingan “Bokiralik asri” (The Age of Innocence) filmida ishtirok etgan.

    Juliya bilan ajrashgach, u aktrisa Izabella Rosseliniga uylanadi. Undan so‘ng Barbara de Fina bilan oila qurib, 1991-yilda ajrashadi. 1999-yildan beri Helen Morris bilan yashab kelmoqda va ularning Francheska ismli qizi bor. Hozirda 79 yoshni qarshilagan rejissor o‘zi tug‘ilgan Nyu-York shahrida istiqomat qilmoqda.

    17.11.2021, 17:52   Izoh (0)   39990
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30

    Turli mamlakatlar haqida yo‘l ko‘rsatkichlardan ham ko‘proq so‘zlaydigan suratlar

    Sayohat | 3 iyun, 14:05

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44

    “Ota-onalik — bolaligingda yoningda ko‘rishni istagan katta odam bo‘lish imkoniyatidir”. Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiylaydi?

    Layfstayl | 3 iyun, 13:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.