Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya harbiylari Polsha—Belarus chegarasidagi to‘siqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu haqda Polsha mudofaa vazirligi rahbari Mariush Blashchakga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Foto: “Izvestiya”

Foto: “Izvestiya”

“Britaniya muhandislik kuchlarining ko‘magidan oldin razvedka ishlari boshlandi. Bizning askarlar Polsha—Belarus chegarasidagi to‘siqni mustahkamlashda (ular bilan) hamkorlik qiladi” — deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.

12-noyabr kuni ertalab Belarusdan “Bruzgi” nazorat-o‘tkazish punkti orqali bir nechta muhojirlar Polshaga o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, qochqinlar Belarus hududini tark etib, Polsha mudofaa devori bo‘ylab harakatlana boshlagan. Shuningdek, hozirgi paytga kelib qochqinlarning hammasi qo‘lga olingani xabar qilindi. O‘z navbatida, Belarus Davlat chegara qo‘mitasi bir guruh muhojirlarning davlat chegarasi bo‘ylab Polsha bilan chegaradagi muhojirlar lagerga ko‘chib kelganini qayd etdi.

Shu bilan birga, Belarus parlamentining xalqaro masalalar bo‘yicha komissiyasi raisi o‘rinbosari Oleg Gaydukyevich Polshani chegarani buzib o‘tgan hamda chegara yonida qolgan barcha qochqinlarni qabul qilishga chaqirdi.

Avvalroq bir guruh bolali ayollar Polsha—Belarus chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan. Polsha xavfsizlik xizmati rasmiylariga ko‘ra, Yaqin Sharqdan kelgan qochqinlarning harakatlari bostirilgan. Bundan tashqari, 12-noyabr kuni chegaradagi lagerga bir necha yuz kishidan iborat yangi muhojirlar guruhi yetib kelgani xabar qilindi.

11-noyabr kuni Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari Belarus hukumatini Polsha—Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozini sun’iy ravishda yaratganlikda aybladi.

8-noyabr kuni ertalab Belarus va Yevropa Ittifoqi davlatlari chegarasida vaziyat keskinlashdi. Belarus ommaviy axborot vositalari mamlakatning Polsha bilan chegarasi tomonga harakatlanayotgan muhojirlar karvoni aks etgan videolarni e’lon qildi. Belarusning “BelTA” davlat agentligi xabar berishicha, muhojirlar Polsha orqali Germaniyaga o‘tib olishni maqsad qilgan.

Yevropa Ittifoqi hozirda Polsha bilan chegaradagi migratsiya inqirozi tufayli Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Minsk muhojirlar bilan bog‘liq inqirozga hech qanday aloqasi yo‘qligini va bu holatga aynan Yevropa siyosati sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi