• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “O‘zimga qolsa, har ikki yilda ‘Oskar’ olardim”. Asarlari 400 dan ortiq filmlarda yangragan maestro — Ennio Morrikone

    Butun umrini ijodga bag‘ishlagan, to‘rt yuzdan ortiq filmlar musiqasiga mualliflik qilgan, musiqa va kino san’atiga qo‘shgan katta hissasi uchun “Oskar” va boshqa ko‘plab yuksak mukofotlarga loyiq ko‘rilgan bastakor Ennio Morrikone haqida “Daryo” hikoya qiladi.

    Ennio Morrikone

    Ennio Morrikone
    Foto: Getty Images / Robin Littl

    Ilk qadamlar

    Ennio Morrikone 1928-yilning 10-noyabrida Italiya poytaxti Rimda tavallud topgan. Bo‘lajak yulduzning onasi Libera Ridolfi uy bekasi edi, otasi Mario Morrikone esa jaz ansamblida truba chalardi. Ennio oilada besh farzandning to‘ng‘ichi bo‘lib, Adriana, Mariya, Franka ismli uch singlisi va Aldo ismli ukasi bor edi. Aldo to‘rt yoshida vafot etadi.

    Morrikonelar uyida musiqa sadolari tez-tez yangrab turardi. Oiladagi ijodiy muhit tufayli u hayotini musiqasiz tasavvur qila olmasdi. Uning ilk musiqiy tajribalari amalga oshishiga otasi turtki beradi: nota o‘qishni va bir nechta musiqiy asboblarda kuy ijro etishni o‘rgatadi. Bu intilishlar natija berib, Ennio o‘zining ilk kompozitsiyalarini olti yoshidayoq yoza boshlaydi.

    Ennio o‘n ikki yoshida Rimdagi “Santa Chechiliya” konservatoriyasi talabasiga aylanib, musiqa nazariyasi bo‘yicha to‘rt yillik kursni olti oyda tugatishga muvaffaq bo‘ladi. Konservatoriyada unga 20-asrning eng ko‘zga ko‘ringan bastakorlaridan biri Goffredo Petrassi ta’lim bergan. Ennio ta’lim dargohida uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘n bir yil tahsil olgan. Tirishqoqligi sabab truba saboqlari va cholg‘ulashtirish (musiqa asarini orkestr yoki ansambl ijrosi uchun moslash) darslaridan tashqari, RCA ovoz yozish studiyasida 100 dan ortiq qo‘shiqlarga aranjirovkalar qiladi. Bu vaqtda Mario Lansa, Janni Morandi, Sharl Aznavur va Pol Anka kabi ijodkorlar bilan hamkorlik qiladi. Shu bilan birga, kino musiqasiga ixtisoslashgan orkestr tarkibida ham faoliyat yuritadi.

    Morrikone o‘sha paytlardayoq ijodiy iqtidorini yanada takomillashtirishi va yaxshiroq yoza olishi mumkinligini tushunardi. O‘zi bu haqida The Guardian nashriga bergan intervyusida shunday deydi:

    Urushdan keyin Italiyada kino sanoati tez rivojlandi, neorealizm gullab-yashnadi, lekin o‘sha yangi filmlarda yaxshi musiqa haqida umuman gap bo‘lmasdi. Moddiy ahvolimni yaxshilash uchun kinoga musiqa yozish kerakligi haqida o‘ylay boshladim. Lekin soha odamlariga hech qachon bunday iltimos bilan chiqmaganman. Agar ishim yoqsa, ularning o‘zi menga murojaat qilishi kerak deb o‘yladim. Shunday bo‘ldi ham — bir rejissor qo‘ng‘iroq qildi, keyin boshqasi, keyin yana, yana va yana. Oxir-oqibat, odamlar ishlarimga yaxshi baho beradigan bo‘ldi va muvaffaqiyat eshiklari ochildi. Hozir menga kelayotgan qo‘ng‘iroqlarning oxiri yo‘q.

    Katta hayot

    Konservatoriyadan so‘ng Morrikone taniqli bastakorlar va qo‘shiqchilar uchun aranjirovkalar qiladi, Luchano Salche rejissorligidagi teatr tomoshalari uchun musiqa yozadi, ko‘plab taniqli bastakorlar uchun gostrayterlik (mashhur inson uchun yozib beruvchi kishi) qiladi. 1961-yilda Salche unga “Fashistlar yetakchisi” filmi uchun musiqa yozib berishni taklif qiladi — bu Morrikonening kino musiqasidagi rasmiy debyuti edi. Lekin undan avval ham Franko Rossining “Do‘stning o‘limi” filmi musiqasiga hammualliflik qilgandi.

    Morrikonega butun dunyo bo‘ylab mashhurlikni Serjo Leonening “Bir siqim dollar uchun” (1964) filmi olib keladi. Shundan so‘ng rejissor va bastakor hamkorligidagi “Bir necha dollar ko‘proq” (1965), “Yaxshi, yomon va yovuz” (1966), “Bir kuni G‘arbda” (1968), “Bir siqim dinamit uchun” (1971) hamda “Bir kuni Amerikada” (1984) kabi vesternlari birin-ketin namoyish qilinadi. Shunisi e’tiborga molikki, mazkur filmlarda italiyaliklar amerikacha taxalluslardan foydalangan. Masalan, Morrikone titrlarda Den Savio taxallusi bilan qayd etilgan, aktyor Jan Mariya Volonte esa Jonni Uels sifatida, Leonening o‘zi Bob Robertson taxallusini tanlagan. Leonening biografi milliy vesternlardan zerikkan italiyaliklarni kinoga jalb qilish uchun shu qarorga kelishganini aytadi.

    Ennio Morrikone (chapda) va Serjo Leone (o‘ngda) 

    Ennio Morrikone (chapda) va Serjo Leone (o‘ngda) 
    Foto: Getty Images / Jan-Mark Zaorski

    Serjo, aslida, Ennioning bolalikdagi sinfdoshi edi. Biroq maktabni bitirganidan so‘ng aloqalari uzilib ketgandi, keyin esa san’at olamida yana yo‘llari tutashadi. Morrikone 1963-yilda unga Serjo Leone qo‘ng‘iroq qilgani to‘g‘risida shunday degan edi:

    Bir yigit menga qo‘ng‘iroq qilib, ortiqcha gap-so‘zsiz, bir loyihani muhokama qilish uchun kelayotganini aytdi. Uning familiyasi menga tanish tuyulgandi. Keyin u ostonamda paydo bo‘lgan payt nimanidir esladim. Pastki labining harakati maktabdagi bir tanishimni eslatardi. Undan sen boshlang‘ich maktabdagi Leonemisan, deb so‘radim. U esa sen o‘sha trasteverlik Morrikonemisan, dedi. Bu aqlbovar qilmas hodisa edi. Men maktab davridagi eski suratimizni olib, qaradim. Unda ikkimiz ham bor edik. Ko‘p yillardan keyin yana uchrashganimizdan juda mamnun bo‘ldik.
    Bastakorning aytishicha, Leone o‘z filmlarida musiqani birinchi o‘ringa qo‘yardi. Morrikone avval rejadagi film uchun musiqa bastalagan, Leone esa ular asosida epizodlarni suratga olgan. Ushbu kartinalar uchun yaratilgan musiqalar klassikaga aylangan. Lekin ular juda qiyin sharoitlarda yozilgan bo‘lib, elektr gitara, vargan, garmonika, shuningdek, hushtak va havo oqimini kesayotgan qamchi ovozlaridan foydalanilgan. 2006-yili The Guardian nashrining “Bir siqim dollar uchun” filmi nima uchun bu qadar ta’sirli chiqqani haqidagi savoliga bastakor: “Bilmadim. Bu Leonening eng yomon filmi va mening eng yomon musiqam edi”, — deb javob beradi.

    Shunga qaramay, ular birgalikda yaratgan filmlar katta shuhrat qozonib, ikki san’atkorni kino olamidagi eng mashhur kishilarga aylantiradi va bu hamkorlik 1989-yilda rejissor vafot etguniga qadar davom etadi.

    Ennio Morrikone Serjo Leonedan tashqari, Bernardo Bertoluchchi, Liliana Kavani, Pyer Pazolini, Franko Zeffirelli, Brayan de Palma, Jon Karpenter, Oliver Stoun, Pedro Almodovar, Roman Polanski, Jorj Lotner va boshqa rejissorlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan. Uning Jorj Lotner rejissorligidagi “Professional” filmida foydalanilgan musiqasi — Chi Mai katta mashhurlikka erishgan. Ushbu musiqa 1971-yilda yozilgan, film esa 1981-yilda ekran yuzini ko‘rgan. Mazkur asar hamon insonlar qalbiga huzurbaxsh kayfiyat ulashishda davom etmoqda.

    2004-yilda rossiyalik rejissor Vladimir Xotinenkoning “72 metr” filmi uchun ham musiqa yozgan. Biroq Ennio baribir ko‘proq Leone vesternlari uchun ishlagan bastakor sifatida nom qozongandi. Bu, albatta, bastakorning o‘ziga yoqmasdi. U bu haqida kuyinib shunday deydi:
    Men 400 ta film ustida ishlaganman. Ulardan atigi o‘ttiztasi vestern filmlari edi. Agar ro‘yxatimga nazar tashlasangiz, vesternlar, sevgi dramalari, siyosiy filmlar, trillerlar, horrorlar (qo‘rqinchli filmlar) va boshqalarni ko‘rasiz. Ya’ni men vesternlar bo‘yicha mutaxassis emasman, sababi turli yo‘nalishlarda o‘zimni sinab ko‘rganman. Men musiqa mutaxassisiman.
    Morrikone Kventin Tarantinoning birgalikda ishlash borasidagi taklifiga bir necha bor rad javobini berib, buni “unga juda kam vaqt berayotgani” va “musiqani o‘ylamay ishlatishi” bilan izohlagan. Natijada Tarantinoning “Manfur kimsalar” (2009) va “Ozod Jango” (2012) kabi bir qator filmlarida, bastakor roziligi bilan, u avval bastalagan musiqiy asarlardan foydalanilgan. Keyinroq Morrikone baribir rejissorning boshqa bir iltimosini yerda qoldirmaydi va “Manfur sakkizlik” (2015) uchun musiqa yozib beradi. Film bastakorga 88 yoshida birinchi “Oskar”ni olib keladi. Ungacha Morrikonening ushbu mukofotga besh marta nomzodi qo‘yilgandi. Bastakorning o‘zi “Oskar” borasida quyidagicha fikr bildirgan:
    Men, aslida, bu mukofotni 1986-yilda Rolan Joffening “Missiya”si uchun olishim kerak edi. Ayniqsa, eski musiqa ishlatilgan “Yarim tunga yaqin” filmi g‘alaba qozonganini hisobga olsak. Herbi Henkok aranjirovkani qotirgan, lekin u eski musiqadan foydalangan. Xullas, “Missiya” bilan taqqoslab ham bo‘lmasdi. O‘g‘irlangan edi! Lekin, albatta, o‘zimga qolsa, “Oskar”ni har ikki yilda qo‘lga kiritgan bo‘lardim.

    Kevin Tarantino (chapda) va Ennio Morrikone (o‘ngda)

    Kevin Tarantino (chapda) va Ennio Morrikone (o‘ngda)
    Foto: Getty Images / Kevin Mazur

    Uning so‘zlariga ko‘ra, buyurtma olayotgan vaqtda dastlab rejissor bilan bo‘lajak film g‘oyasini muhokama qiladi, so‘ngra ilhomni kutmasdan, o‘tirib, ishlaydi. Musiqa o‘z-o‘zidan keladi. Morrikone o‘z saundtreklarini faqat tijorat mahsuloti deb hisoblamasdi. Ular orqali bastakor tomoshabinga videotasvirda yetkazish mumkin bo‘lmagan kechinmalarni anglatishga harakat qilgan.

    Keng ommaga Morrikonening ko‘proq tijoriy asarlari ma’lum bo‘lishiga qaramay, u musiqiy avangardni behad sevardi va yangi musiqiy tilni ishlab chiqish ustida bosh qotirayotgan Gruppo Nuova Consonanza bastakorlar guruhining a’zosi edi. Shuningdek, u jaz, fank kabi yo‘nalishlarda ijodiy tajribalar o‘tkazgan.

    Umuman olganda, bastakor qaror qabul qilishga prinsipial tarzda, o‘jarlik bilan yondashardi. Gollivud bilan yaqin aloqasiga qaramay, u Rimda yashash va faoliyat yuritishda davom etgan. U ingliz tilida muloqot qilmasdi va, bergan intervyulariga ko‘ra, Gollivud sanoatiga nisbatan sovuq munosabatda edi. Xususan, u bastakorlarni tobelikda, aranjirovkachilar yordamiga qarab qolganlikda ayblardi. U bir safar shunday deydi:

    Men “Ennio Morrikone tomonidan yozilgan, aranjirovka qilingan va ijro etilgan musiqa” formulasini ixtiro qildim. Bernard Hermann barcha musiqalarini o‘zi yozgan. Bax, Betxoven va Stravinskiy ham xuddi shunday qilgan. Men ayni damda kino sanoatida nimalar yuz berayotganini tushunolmay qoldim.
    Ulug‘ bastakorning musiqa va kino san’atiga ko‘rsatgan xizmatlari munosib baholanib, 2007-yilgi “Faxriy Oskar” hamda “Manfur sakkizlik” uchun berilgan “Oskar”dan tashqari yana bir qator yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan. Jumladan, Britaniya Akademiyasi musiqa mukofotlari (1980, 1985, 1987, 1988, 1991, 2016), “Oltin globus” (1987, 2000, 2016); “Gremmi” (2009-yilda “Yaxshi, yomon va yovuz” filmiga yozilgan saundtrek uchun “Gremmi”ning maxsus mukofotiga loyiq ko‘rilgan; 2014-yilda musiqa rivojiga qo‘shgan hissasi uchun e’tirof qilingan), Shvetsiyaning Qutb musiqa mukofoti (2010-yili, “Kino uchun musiqa yaratishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”). Bundan tashqari, 2009-yilda Fransiyaning faxriy legioni ordeni bilan taqdirlangan.

    “Oskar”ni qabul qilib olgan Ennio Morrikone (chapda) va taniqli aktyor Klint Istvud (o‘ngda)

    “Oskar”ni qabul qilib olgan Ennio Morrikone (chapda) va taniqli aktyor Klint Istvud (o‘ngda)
    Foto: Getty Images / Kevin Uinter

    Hayotining so‘nggi yillari

    Morrikone turmush o‘rtog‘i Mariya Travia bilan birga baxtli hayot kechirdi. Ular 50 yildan ortiq birga yashab, to‘rt farzandni tarbiyaladi — uch o‘g‘il va bir qiz. O‘g‘li Andrea oilaviy an’anani davom ettirib, bobosi va otasi kabi o‘zini musiqaga bag‘ishladi va filmlar uchun saundtreklar yoza boshladi. Jovanni teatr rejissori bo‘ldi, Marko mualliflik huquqi agentligida ishlaydi. Qizi Aleksandra esa tibbiyot sohasini tanladi.

    Bastakor keksalik chog‘ida ham faol hayot tarziga rioya qildi. Har kunlik qat’iy rejim va to‘g‘ri ovqatlanish unga o‘zini tetik his qilishiga yordam berdi. U erta yotib, erta uyg‘onardi, tez-tez toza havoda sayr qilib turardi va kuchli spirtli ichimliklardan o‘zini tiyardi. Morrikone shaxmat o‘ynashni yoqtirardi. Grossmeysterlar Garri Kasparov va Anatoliy Karpov unga sherik bo‘lgan. Qayd etish joiz, Morrikone dunyoning ko‘plab davlatlari qatori O‘zbekistonga ham ijodiy safar qilgan. Afsonaviy kompozitor 2011-yilda Toshkent shahrida muxlislarga o‘z konsert dasturini taqdim etgan. U o‘z jamoasi bilan “Mahallada duv-duv gap” filmi musiqasini ijro etgan.

    2020-yilning 6-iyulida Ennio Morrikone bu dunyodan ko‘z yumdi. Bastakorning o‘limiga avvalroq olgan jarohati sabab bo‘ldi: undan bir necha kun avval u yiqilib, suyagini sindirib olgandi. Morrikonening yaqin do‘sti Jorjo Assumaning so‘zlariga ko‘ra, maestro oilasi qurshovida vafot etgan va yaqinlari bilan vidolashishga ulgurgan.

    Mavzuga doir: Afsonaviy san’atkor Ennio Morrikone yaratgan eng mashhur musiqalar (audio)

    13.11.2021, 07:21   Izoh (0)   28805
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi Ohangaron shohko‘chasi yana bir haftaga yopiladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 20:10

    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

    Reklama | 3 iyul, 19:30

    Dam olmaslik, o‘zingizni boshqalar bilan solishtirish: ishdan ko‘nglingizni sovitadigan zararli odatlar

    Maslahatlar | 3 iyul, 20:03

    Buyuk Britaniyada 17 ta kompaniya 4 kunlik ish haftasiga o‘tdi

    Dunyo | 3 iyul, 20:00

    O‘zbekistonda bir oyda energiyadan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga yetkazilgan zarar ochiqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 19:50

    Norvegiya radiatsiya va yadro xavfsizligi strategiyasini taqdim etdi

    Dunyo | 3 iyul, 19:30

    “Vatandoshlar” jamoat fondining “Anor” loyihasi uchun xorijdan kelgan o‘zbek farzandlariga bayram konserti tashkil qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:00

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan munosabatlarni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlamoqda

    Dunyo | 3 iyul, 19:18

    Hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holat sabab “Neftchi” xodimlarining ishi O‘FA qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi

    Sport | 3 iyul, 19:07

    Tramp Afrikaga “juda katta tijorat imkoniyatlari”ni taklif etmoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 19:00

    O‘zbekistonda iyuldagi pensiyalar to‘lovi bo‘yicha ma’lumot berildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.