• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi Boqi amaki 110 yoshda — oliy ma’lumotsiz buyuklikka erishgan Nabi Rahimov

    “Qirol Lir”, “Otello”, “G‘ariblar”, “41-yil olmalari”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” singari yuzlab spektakl va kinolarda o‘lmas rollar ijro etgan aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov 7-noyabrda tavallud topgan. Mazkur sana munosabati bilan buyuk aktyorning hayot va ijod yo‘li haqida hikoya qilamiz.

    Qo‘qondan poytaxtga...

    Nabi Rahimov 1911-yilda Qo‘qon shahrida oddiy ishchi oilasida dunyoga keladi. Otasi kerosin chiroqlar va qulflarni tuzatadigan, chelaklarni yamaydigan usta bo‘lib, Nabi kichkinaligidan dadasining yaqin ko‘makchisiga aylanadi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    U 14 yoshida maktabda o‘qish bilan birga, badiiy havaskorlik to‘garagiga qatnaydi, klarnet chalishni o‘rganadi. Shu tariqa uning qalbidagi san’atga, teatrga nisbatan muhabbat alanga oladi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    O‘sha davrning taniqli komik aktyori Mirshohid Miroqilov tufayli Qo‘qon teatriga borgan Nabi 17 yoshidan sahnada rollar o‘ynay boshlaydi. Bir necha yil vodiyda faoliyat yuritgach, poytaxtga kelishga qaror qiladi va bir yil davomida drama studiyasida o‘qiydi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    U Olim Xo‘jayev, Shukur Burhonov, G‘ani A’zamov, Qudrat Xo‘jayev kabi bir guruh qobiliyatli yoshlar qatorida Hamza nomidagi teatr (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri)ga kirib keladi va ijodini davom ettiradi.

    Oliy o‘quv yurtida o‘qimagan professional aktyor

    Professional sahnadagi ilk rolini “Isyon” spektaklida ijro etadi. Yegor roli bilan o‘zidagi iste’dodni namoyon etib, teatr jamoasining nazariga tushadi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Shundan keyin Komil Yashin, Umarjon Ismoilov, Zinnat Fatxullin singari dramaturglarning asarlarida turli xarakterdagi zamonaviy kishilar qiyofasini gavdalantiradi. Ostrovskiy, Gogol, Shiller, Shekspir kabi klassik dramaturglar yozgan asarlarda ham rollar o‘ynab, mahoratini charxlab boradi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    “Hamza” spektaklida Nodiriy, “Momaqaldiroq”da Tixon, “Malikayi Turandot”da Trufaldino, “Niqob yirtildi”da Sayfi, “Revizor”da Bobchinskiy, “Uylanish”da Kochkaryov rollarini talqin etadi. Ilk bor o‘zbek sahnasida sahnalashtirilgan “Gamlet” tragediyasida Layert obrazida sahnaga chiqadi. Mazkur spektakl Nabi Rahimov uchun haqiqiy maktab vazifasini o‘taydi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Oliy o‘quv yurtida tahsil olmagan Nabi Rahimov Hamza teatrini universitet, hamkasblarini esa o‘zining ustozi deb bilgan. Mannon Uyg‘ur, Yetim Bobojonov, Obid Jalilov, Abror Hidoyatov, Sharif Qayumov, G‘ulomnazir Isomov, Sora Eshonto‘rayeva kabi aktyorlar ko‘magida sahna nutqi, madaniyati va sirlarini, obrazga kirishni o‘rganadi.

    Urushdan keyingi barakali ijod

    Nabi Rahimov urush tufayli teatrdagi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘ladi. U 1941-yili harbiy bilim yurtiga o‘qishga jalb qilinadi. 1942—1943-yillarda O‘zbekiston san’at arboblaridan iborat front brigadasi tarkibida yuradi. Ya’ni fashistlarga qarshi janglar orasidagi tanaffuslarda o‘zining hazillari va qiziqarli hikoyalari bilan vatandosh jangchilarning ruhi, kayfiyatini ko‘taradi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    1943-yilda frontdan qaytgach, teatrdagi ijodini yana davom ettiradi va aktyor faoliyatida yangi davr boshlanadi. Urush va tinchlik mavzusidagi “Dengizdagilar sharafiga”, “Rus masalasi”, “Djon – tinchlik soldati” singari spektakllarda ham o‘ziga xos rollar o‘ynaydi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Bu davr ichida u “Otello” tragediyasida Yago rolini mahorat bilan talqin qiladi. Garchi bu obrazni ungacha Olim Xo‘jayev ijro etib kelayotgan bo‘lsa-da, Nabi Rahimov qiyofasidagi Yago ham tomoshabinlarga manzur bo‘ladi. Uning Yagosi o‘ta hozirjavob, butun vujudi bilan Otello va Dezdemonaning pok muhabbatini toptashga qasd qilgan shaxs sifatida gavdalanadi. U o‘zining hazil-mutoyibasi, hatto ba’zida xirgoyi qilishi bilan dilkash ko‘rinsa-da, niqob ostida g‘arazli inson yashiringani ko‘rinib qoladi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Taniqli dramaturg va yozuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub “Shohi so‘zana”, “Og‘riq tishlar”, “Tobutdan tovush” kabi sahna asarlaridagi betakror ijrolari ham muvaffaqiyat qozonadi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    1952-yili Aleksandr Ginzburg va Sharif Qayumovlar sahnalashtirgan “Revizor” satirik komediyasidagi Xlestakov roli Nabi Rahimovni komediya janrida mashhur qiladi. 1964-yilda SSSR O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlanadi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Bir qator spektakllarda yaratgan obrazlari, xususan, “Tog‘a va jiyanlar”dagi Bo‘riboy Bozorboyev, “Mirzo Ulug‘bek”dagi Bobo Kayfiy, “Qutlug‘ qon”dagi Shokir ota, “Qirol Lir”dagi gersog Olbeni, “Komissiya”dagi Said Karimovich, “G‘ariblar”dagi rollari ham aktyor ijodida muhim o‘rin tutadi.

    1967-yilda Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasidagi gersog Olbeni roli uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgani ham bejiz emas.

    “41-yil olmalari”dan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”gacha...

    60-yillar oxirida kino olamiga kirib kelgan aktyor 1969-yili suratga olingan “41-yil olmalari” filmida keksa choyxonachi rolini ijro etadi. Mazkur obraz unga chinakam shuhrat keltiradi. U bu ijrosi uchun xalqaro kinofestivalning “Eng yaxshi erkak roli uchun” mukofotiga sazovor bo‘ladi.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Ushbu filmdan keyin turli kartinalarga takliflar tushadi. Kino sohasida ham sermazmun ijod qilgan aktyor “O‘zbekfilm” va Markaziy Osiyo respublikalari kinostudiyalarida suratga olingan ellikka yaqin badiiy filmlarda ishtirok etadi. “O‘tkan kunlar”dagi usta Olim, “Qutlug‘ qon”dagi Shoqosim, “Abu Rayhon Beruniy”dagi Xo‘jandiy, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi usta Boqi, “Qutlug‘ qon”dagi Yormat kabi rollari fikrimiz tasdig‘idir.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    “Stadionda uchrashamiz”dagi buxgalter Aliyev, “Maftuningman”dagi kino ishqibozi Turdiyev obrazlari Nabi Rahimovni ekran orqali ham komik aktyor sifatida elga tanitadi.

    Serqirra ijodkor

    Nabi Rahimov chinakam serqirra ijodkor sifatida san’atning turli yo‘nalishlarida o‘zidan boy ma’naviy meros qoldirgan. U dublyajda ham faoliyat yuritib, taniqli rus aktyorlari — S.Filippov, V.Basov, A.Papanov ijro etgan rollarga mohirona ovoz bergan.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Aktyor O‘zbekiston radiosining “Tabassum” hajviy jurnali boshlovchisi va tashkilotchilaridan biri ham bo‘lgan. Radiospektakllarda rollar o‘ynagan, ayrimlariga o‘zi rejissorlik qilgan. Said Ahmadning “Turnalar” hikoyasi asosida yaratilgan radiopostanovka radiodagi rejissorlik faoliyati mahsulidir.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    Bundan tashqari, 1950—1955-yillarda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida aktyorlik mahorati fanidan pedagoglik qiladi. O‘zbekiston xalq artistlari Obid Yunusov, Ergash Karimov singari ko‘plab san’atkorlarga bilim bergan.

    Foto: “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidan kadr

    Foto: “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidan kadr

    Don Kixot va Faust rollarini ijro etishni orzu qilgan aktyor 1994-yilning 23-noyabrida Toshkentda vafot etadi. U Chig‘atoy qabristoniga dafn qilingan.

    Foto: nabirakhimov.uz

    Foto: nabirakhimov.uz

    2008-yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeniga munosib ko‘rilgan Nabi Rahimovning yolg‘iz o‘g‘li Edik Rahimov keyinchalik Moskvaga ko‘chib ketadi.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir: Dardlarini kulgi ortiga yashirgan ulkan qalb sohibi. Marhum qiziqchi Obid Asomovni xotirlab

    08.11.2021, 19:24   Izoh (0)   67969
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?

    08.11.2021, 15:51

    “Dunyo so‘ramaymiz, bizga keragi — ozgina e’tibor”. Elmira Rahimjonova “Turon” harbiy teatri aktyorlari ta’mirtalab binoda va kam oylikka ishlayotgani haqida (vide...

    05.11.2021, 15:21

    Lo‘li Maryam obrazini tortib olishganida kasal bo‘lib qolgani, tirikchilik uchun saviyasiz seriallarda o‘ynayotgani, rejissorlar bilan ko‘p urishishi haqida Elmira...

    04.11.2021, 21:53

    Misrda Art D'Égypte lend art ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

    31.10.2021, 11:50

    O‘zbekistonda 28-oktabr kuni “Milliy suvenirlar” festivali o‘tkaziladi

    27.10.2021, 12:21

    Farmonbibining shaddod kelini Nigora — 59 yoshda. Taniqli aktrisa Dilorom Egamberdiyevaning hayoti va ijodi haqida (foto)

    26.10.2021, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.