Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida fermer xo‘jaligining yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum bo‘lishicha, M.X. ismli ayol o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro O.ning ishonchiga kirib, u bilan “R.F.” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1,8 gektar yer maydonini 25 ming dollarga sotishga kelishgan. Oldindan 10 ming dollarni olgan vaqtida departamentning Chinoz tuman bo‘limi hamda DXXning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming dollarga olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingani, Toshkent viloyatidagi o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 1 gektar yerni 200 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konlarida zaxira kamayib borayotgani ortidan tabiiy gaz qazib chiqarish rejasi bajarilmayapti
Dunyo
Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chegarada janjal sodir bo‘ldi
Mahalliy
Nukusda -16,2 daraja sovuq qayd etildi