Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro shahridagi 3-son poliklinika bosh shifokori fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga undan 600 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, anchadan buyon ish izlab yurgan fuqaro M.Y. Buxoro shahridagi 3-son oilaviy poliklinika bosh shifokori S.P. qabuliga bir necha bor ish so‘rab borgan. Bosh shifokor kadrlar bo‘yicha inspektor S.A. bilan fuqaroni 1 hissa shtat birligida hamshirlik ishiga qabul qilishga kelishib, buning evaziga M.Y.dan 600 dollar pora talab qilgan.

Qayd etilishicha, buncha miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lmagan fuqaro 26-oktabr kuni mas’ul tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilgan. 27-oktabr kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda bosh shifokor va inspektor kimyoviy ishlov berilgan 600 dollarni olayotgan vaqtda ushlangan va hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi