So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “O‘zbekneftgaz” raisining OAVni yoqtirmaydigan o‘rinbosari bor: u bir jurnalistni rosa haqorat qildi, “Daryo” muxbirini esa bo‘g‘ib, kamerasini tortib olmoqchi bo‘ldi

    01.11.2021, 07:49 45663

    Saylov o‘tdi, lekin saylovoldi jarayon ko‘ngilni g‘ash qiluvchi (kamida bitta) voqea bilan yodda qoladigan bo‘ldi: “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov dastlab 13-Qashqadaryo saylov okrugi matbuot markazi rahbari Jahongir To‘ychiyevni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratladi, ikki mansabdor o‘rtasidagi nizoni yoritishga uringan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga nisbatan esa kuch ishlatdi.

    20-oktabr kuni 13-Qashqadaryo saylov okrugi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yurituvchi va Prezident saylovini yoritish uchun akreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar uchun press-tur tashkil etilgan. Press-tur okrug bosh qarorgohidan boshlanib, so‘ng tumanlarda davom etishi lozim edi. Ishtirokchilarni hududlarga olib borish uchun “O‘zbekneftgaz” tomonidan avtobus ajratilgan. Biroq kutilmaganda kompaniya raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov “avtobusni olib qo‘ygan”.

    Vaziyatga aniqlik kiritish uchun “O‘zbekneftgaz” mansabdorining oldiga borib qaytgan Jahongir To‘ychiyev (u ayni vaqtda viloyat teleradiokompaniyasi direktori ham hisoblanadi) hamkasblariga Temirovdan shikoyat qilgan. “Men bu avtobus press-tur uchun berilganini aytsam, u bunga javoban meni tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratladi”, — degan To‘ychiyev. Shundan so‘ng To‘ychiyev ham, boshqa jurnalistlar ham “O‘zbekneftgaz” mansabdori nima uchun o‘zini bunday tutayotganiga aniqlik kiritmoqchi bo‘lgan.

    “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov uning oldiga bir guruh kamera ko‘targan jurnalistlar bilan qaytib kelgan Jahongir To‘ychiyevga jurnalistlar oldida izoh bermasligini, u bilan o‘z xonasida xoli gaplashib olishi mumkinligini bildirgan. Shundan so‘ng viloyat saylov okrugi matbuot markazi rahbari ma’lum vaqt yopiq eshiklar ortida “O‘zbekneftgaz” vakili bilan gaplashgan, boshqa jurnalistlar u yerga kiritilmagan.

    Birozdan so‘ng ichkariga kirishga muvaffaq bo‘lgan va voqeani tasvirga ola boshlagan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov qarshiligi va qo‘pol munosabatiga duch kelgan. Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, mansabdor uni bo‘g‘ib, “ta’zirini berib qo‘yishi”ni aytgan. Shuningdek, Temirov va eshik oldidagi “posbon” muxbirning kamerasini tortib olishga uringan. Ammo atrofdagi jurnalistlarning “Daryo” muxbiriga bergan ko‘magi tufayli ular o‘z niyatiga yetolmagan.

    Ma’lumot o‘rnida: Bu mojaro orasida okrug qarorgohiga “O‘zbekneftgaz” mansabdori olib qo‘ygan avtobus o‘rniga jurnalistlarni olib ketish uchun O‘zLiDeP ramzi tushirilgan avtobus yetib kelgan. Ammo OAV vakillari saylovoldi tashviqotni inobatga olib, O‘zLiDeP ramzi tushirilgan avtobusda ketishdan bosh tortgan. Mutasaddilar avtobusdagi partiya logotipini olib tashlashga kirishgan vaqti, jurnalistlar bunga ham qarshi chiqib, tumanlarga boshqa mikroavtobuslarda chiqib ketgan.

    “Daryo” muxbiri boshqa hamkasblari bilan birga Shahrisabzdagi saylovoldi jarayonlar bilan tanishayotganida, soat taxminan 12:50 larda Muxtor Temirov telefon qilib, xato qilib qo‘yganini aytgan va jurnalistdan uzr so‘ragan. U ko‘rishib, yana bir bor uzr so‘rashini aytgan, biroq uchrashuvga kelishilgan sanada Muxtor Temirov “O‘zbekneftgaz” rahbarining topshirig‘i bilan ketgani ma’lum qilingan.

    Shundan so‘ng “Daryo” muxbiri bilan na Muxtor Temirov, na “O‘zbekneftgaz”ning boshqa bir vakili bog‘langan. “Daryo” internet-nashri “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan mazkur vaziyat yuzasidan izoh berilishini kutmoqda.

    “Daryo” internet-nashri saylovoldi jarayonni yoritishga jalb etilgan jurnalistlarni haqorat qilgan va ulardan biriga qo‘l ko‘targan “O‘zbekneftgaz” rahbari o‘rinbosari Muxtor Temirovning birgina uzr bilan o‘z ishini hech narsa bo‘lmagandek davom ettiraverishiga toqat qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Kompaniya va Energetika vazirligi Muxtor Temirov kabi muomala madaniyati qoniqarsiz bo‘lgan xodimlar o‘rtasida nafaqat jurnalistlar, balki barcha fuqarolar bilan muloqot olib borish odobi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishi va ularga nisbatan qat’iy ta’sir choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiqdir.

    Ma’lumot uchun: “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning faoliyatiga 2021-yil aprelida Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Shaymardanov qo‘pollik qilgan edi. Ushbu holat jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan, yakunda Shaymardanovga nisbatan “qattiq hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan edi. O‘shanda prokuratura organlari tayinlangan ushbu jazoning qanchalik haqqoniy va qonuniyligiga baho berilishini bildirgan, biroq baholash natijalari “Daryo”ning bir necha so‘rovlariga qaramay, hamon oshkor qilinmagan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    Bugun, 09:03

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Gretsiyada qo‘ylar 100 kilogramm nashani yeb qo‘ydi

    17:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?