• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kelajakda jarroh bo‘laman. O‘zim kabi darddan qiynalgan bolalarni davolash uchun”. Prezidentdan duo olgan namanganlik o‘quvchi qiz hikoyasi

    Shavkat Mirziyoyev 2021-yil may oyida Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, bu yerda davolanayotgan bolalarni yo‘qlagan, ularning ota-onalari bilan uchrashgan edi. Davlat rahbari bilan muloqotda bo‘lgan bolalar orasida namanganlik Nodirabegim Qosimova ham bor. Bu uchrashuv uning hayotini butkul o‘zgartirib yubordi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sochidagi Gran-pri va uning ortidan boshlangan tashvishlar

    Nodirabegim Qosimova, Namangandagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi:

    Nodirabegim Qosimova.

    Nodirabegim Qosimova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    —3 yoshimda bobom Hamidxon Otaxonov gimnastika to‘garagiga olib borganlar. O‘zi sog‘lom, qomati chiroyli bo‘lsin deb. Bu yerda sportga ishtiyoqim uyg‘ondi, chiniqdim, toblandim. Gimnastika musobaqalarida harakatlarim, mimikamni kuzatgan mutaxassislar raqsga ham qatnashishni tavsiya qilishdi.

    Foto: Nodirabegim Qosimova arxividan.

    5 yil davomida Namangandagi 11-sonli musiqa va san’at maktabida raqs sirlarini o‘rgandim. Ko‘plab tadbirlarda qatnashdim, tanlovlarda g‘olib bo‘ldim. 2019-yili Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan bolalar xalqaro ijodiyot festivalida ishtirok etib, Gran-prini qo‘lga kiritdim. Bu men uchun juda katta muvaffaqiyat edi, lekin hayotimdagi muammo va tashvishlar ham shundan so‘ng boshlandi.

    Foto: Nodirabegim Qosimova arxividan.

    Gap shundaki, Sochida tadbirlardan so‘ng tengqurlarim bilan maza qilib dam oldik, dengizda cho‘mildik. Shunday cho‘milishlardan birida chap oyog‘im toshgami, temirgami tegdi. Biroz og‘ridi, ko‘kardi. Uyga qaytgandan so‘ng shifokorlarga qaratdik, turli mazlar surtib yurdim. Og‘riq unutilgandek bo‘ldi. Sport va san’at bilan shug‘ullanishda davom etdim.

    Foto: Nodirabegim Qosimova arxividan.

    Oradan ikki yil o‘tib, sinfdan chiqayotganda maktab partasiga urilib, oyog‘im lat yetdi. Aksiga olgandek, yana o‘sha chap oyoq. Bu gal dori-darmon bilan qutulib bo‘lmadi. Namanganda turli kasalxonalarga, shifokorlarga bordik, aniq tashxis qo‘yib bo‘lmadi. Shundan so‘ng Toshkentga, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yo‘llanma berildi. Bu yerda mutaxassislar meni tekshirib ko‘rib, aniq tashxis qo‘yishdi — boldirimda o‘sma bor ekan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Tibbiyot markaziga Prezident keladi” deb aytishganida operatsiyadan endi chiqqandim. U kishiga shu holatda ko‘ringani uyaldim. Yo‘lakda birinchi palata bizniki edi, oxiriga ko‘chirib qo‘yishlarini iltimos qildim. Lekin aslida davlat rahbari bilan ko‘rishish istagi bor edi, bu haqda oyimga ham aytgandim. Nasib ekan, u kishi o‘sha oxirgi palataga ham kirdilar. Mendan hol-ahvol so‘radilar, orzu-niyatlarim bilan qiziqdilar. Televizorda Prezident maktabida o‘qiyotgan tengdoshlarimni ko‘rib, juda havas qilardim. Shuni aytdim. “O‘zingni Prezident maktabi o‘quvchisiman deb hisoblayver”, deb kuldilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Yana bir narsa so‘rasam maylimi?” dedim shundan so‘ng. “Bemalol, so‘rayver” dedilar. “Siz bilan suratga tushmoqchi edim” dedim jur’at topib. “Suratga ham tushamiz, dastxat ham yozib beraman” dedilar. Keyin Prezident, oyim va men birga fotoga tushdik. Hech qancha o‘tmay bu suratni dastxatlari tushirilgan, ramkaga solingan holatda olib kelib berishdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Yangi o‘quv yili boshlanganidan so‘ng Namangandagi Prezident maktabiga chaqirishdi va bu yerda 7-sinfda o‘qishni boshladim.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Sinfdoshlarimdan ancha ortda ekanligimni bilaman, shu uchun astoydil o‘qishga, menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilyapman.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Sinfimizda xuddi oldindan o‘qib kelgandek taassurot qoldirmoqda”

    Oydina Shermatova, Namangandagi Prezident maktabi ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi:

    Oydina Shermatova.

    Oydina Shermatova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Xabaringiz bor, har yili Prezident maktablariga 24 nafar o‘quvchi imtihonlardan so‘ng qabul qilinadi. Nodirabegim davlat rahbari tavsiyasiga asosan 25-o‘quvchi sifatida 7-sinfga kelib qo‘shildi. Bizda bu sinf ikkiga bo‘lingan, men ikkinchi sinf rahbariman. Nodirabegim bilan birga hisoblaganda 13 nafar o‘quvchi bor.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ochig‘ini aytganda, u dastlab kelib qo‘shilganda menda jiddiy xavotir bor edi. Chunki bu sinfni ikki yildan beri olib yuraman, o‘quvchilarim ancha ilgarilab ketgan, bir-birlarini imo-ishora bilan ham tushunishadi. “Sinfga ko‘nikib, moslashib ketarmikin, o‘qishda yetkazib oladimi?” deb tashvishlandim.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Xavotirlarim ko‘p o‘tmay unut bo‘ldi: Nodirabegim tirishqoqligi, kirishimliligi va o‘qishga ishtiyoqi bilan sinfdoshlar hamda ustozlar mehrini qozonishga ulgurdi. U xuddi sinfimizda oldindan o‘qib kelayotgandek taassurot qoldirmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Prezidentdan qizimni duo qilishlarini so‘radim”

    Komila Otaxonova, Namangan shahridagi skrining markazi kichik tibbiy xodimi:

    Komila Otaxonova.

    Komila Otaxonova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Oddiy oilamiz, turmush o‘rtog‘im Hoshimjon Ergashev bozorda savdo-sotiq bilan band, o‘zim kichik tibbiyot xodimiman. Nodiradan tashqari yana 3 yashar Madinabonu ismli qizimiz bor.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Nodiradan umidimiz katta, lekin shu yil bolam bechora juda qiynaldi. Oyog‘idagi eski dardi yana qo‘zg‘adi, hech kim aniq tashxis qo‘yolmadi. Kimdir suyagi singan desa, yana kimdir saraton alomatlari bor, deydi. Oxiri ko‘pchilikning tavsiyasi bilan Toshkentga — Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga bordik. Shu yerda kasalligi aniq bo‘ldi, operatsiya ham o‘tkazildi.

    Qizimning Xudoga aytgani bor ekan, shu tashvishlar bilan o‘ralashib yurgan paytimiz, Hayit arafasida kasalxonaga davlat rahbari kelib qoldilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Avval palatada qizimning o‘zi bilan suhbat qurdilar, keyin meni ham chaqirishdi.  “Shunday iste’dodli qizni tarbiyalaganingiz uchun rahmat, mendan nima yordam?” deb so‘radilar. “Hech nima kerak emas, qizimni duo qilsangiz bo‘ldi” dedim.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Prezident “namanganliklarni shu xislati, e’tiqodini hurmat qilaman, nima kerak desang, duo so‘raydi” dedilar. Qizimni salomatligi ziyoda, iqboli baland bo‘lishini so‘rab duo qildilar. Davlat rahbari shunday chiroyli duo qilishlarini ko‘rib, etlarim jimirlab ketdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shifokorlar “Qizingiz operatsiyadan 6 oy o‘tib yaxshi bo‘lib ketadi” deyishgan, shu muddat tezroq kelishini kutib turibmiz.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Hozir qo‘ltiqtayoqda yuribdi. Bir paytlar gimnastika to‘garagiga borgan, raqslarga tushgan, tanlovlarda g‘olib bo‘lgan qiz uchun bu qanchalik og‘ir ekanligini tasavvur qilyapsizmi? Bir narsa taskin beradi: shu dard bahona qizim Prezident bilan uchrashdi, duolarini oldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qahramonimiz Nodirabegim Qosimova bolaligida mashhur sportchi yoki san’atkor bo‘lishni orzu qilardi. Endi uning rejalari o‘zgargan va qarori qat’iy: kelgusida shifokor, aniqrog‘i, jarroh bo‘lmoqchi. O‘zi kabi darddan qiynalgan bolalarni davolash uchun...

    31.10.2021, 18:54   Izoh (0)   41395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.