Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShdagi xususiy Global Firepower tashkiloti an’anaviy ravishda har yili e’lon qilinadigan dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolgan —140 ta davlat orasida 51-o‘rin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi 70 ming harbiy xizmatchidan iborat bo‘lib, uning tarkibida 194 ta havo texnikasi, 420 ta tank, 98 ta yoppasiga o‘q uzish tizimlari, 1,2 ming zirhli texnika, 60 ta artilleriya quroli mavjud.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilgi reytingda birinchi o‘rinda AQSh armiyasi, keyingi o‘rinlarda Rossiya va Xitoy joy olgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallagan. Qozog‘iston — 61, Afg‘oniston — 75, Turkmaniston — 86, Qirg‘iziston — 93, Tojikiston — 99-o‘rinda.

Global Firepower reytingi 55 ta ko‘rsatkich inobatga olingan holda tuziladi. Reytingni tuzishda geografik omillar, tabiiy zaxiralar, moliyaviy barqarorlik va mahalliy sanoatning rivojlangani ham ahamiyatga ega. Armiyalar qudratliligini baholashda yadro quroli borligi, dengizga chiqishga ega bo‘lmagan davlatlarda flot yo‘qligi hisobga olinmaydi.

Avvalroq o‘zbekistonlik harbiylar Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” musobaqasida 2-o‘rinni egallagani, O‘zbekiston jamoasi “ArMI-2021” xalqaro armiya o‘yinlari yakuni bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi