Qamchiq dovonida 21-oktabr kuni kechasi qor yog‘di. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan boshqarma haydovchilarni ogohlantirdi.

“Yo‘llar nam bo‘lganligi bois, haydovchilardan keskin tormoz bermasliklarini so‘raymiz. Keskin tormoz sirpanish holatlarini yuzaga keltirishi, buning oqibatida esa ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi mumkin.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda oraliq masofani saqlab, qoidalarga rioya qilishlarini, dovon yo‘lidan harakatlanib o‘tuvchilardan esa o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz”, — deyiladi YHXBB xabarida.

Avvalroq “O‘zgidromet” havo harorati keskin pasayishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.