Respublika Gidrometeorologiya markazi 21—22 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

Havo harorati 10-13 darajaga, 21-oktabrda kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha, 22-oktabrda kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

21—22 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi haqida “O‘zgidromet” avvalroq ogohlantirgandi.