• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentda transport muammolari qanday hal etilishini aytdi

    O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri aholi bilan uchrashuvda poytaxtda yerosti va yerusti piyoda o‘tish yo‘laklari, avtoturargohlar yetishmasligi muammosiga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt aholisi va ularning daromadlari oshgani hisobiga, so‘nggi yillarda shaxsiy avtotransportlar 2-3 barobar ko‘payib, kuniga shahar ko‘chalarida 700-800 mingdan ziyod transport harakatlanmoqda.

    “Bu tirbandliklarni keltirib chiqarish bilan birga, ekologiya, piyoda va yo‘lovchilar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin poytaxtning jamoat transporti va yo‘l infratuzilmasi bu muammolarga hali munosib javob qaytara olmayapti. Shaharda yerosti va yerusti piyoda o‘tish yo‘laklari, avtoturargohlar yetishmaydi”, — deydi davlat rahbari.

    Shuningdek, ta’kidlanishicha, poytaxtda 500 dan ziyod katta chorrahalar mavjud bo‘lib, ularning 200 tasida transport vositalarini o‘tkazish darajasi past. Jamoat transportidan bor-yo‘g‘i 33 foiz yo‘lovchi foydalanmoqda. Prezident bugungi kunda 80 ta yo‘nalishdagi avtobuslarning intervali tig‘iz paytlarda 30 daqiqagacha kechikkani, aholi noroziligiga sabab bo‘layotganini qayd etgan.

    Shu bois, kelgusi besh yilda shaharda o‘zaro uzviy bog‘langan barcha transport turlarini rivojlantirish dasturi qabul qilinishini bildirgan. Bunda:

    • yerusti transporti va metro yo‘nalishlari kesishuvida 16 ta yirik avtostansiyalar;
    • Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar;
    • markaziy ko‘chalarda 40 ming avtomobillar uchun, 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar;
    • tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalarda 21 ta yo‘l o‘tkazgichlar quriladi;
    • yerusti halqa metropoliteni yo‘lining 7 ta bekatdan iborat 13 kilometr uzunlikdagi Qo‘yliq—Qipchoq uchastkasi qurilishi yakuniga yetkaziladi.
    • Yo‘l harakatini “aqlli tartibga solish” tizimi joriy etilib, bunga shaharning 500 ta yirik chorrahasi ulanadi;
    • 200 ga yaqin muntazam avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi;
    • jamoat transporti parkini yangilash uchun 400 ta zamonaviy avtobus, 700 ta elektrobus olib kelinadi;
    • 90 ta yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelinib, yo‘lovchilar tashish quvvati 2 barobarga oshiriladi.
    Bundan tashqari, poytaxtda vtobuslar qatnovini subsidiyalash tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.

    “Endi, tashuvchilarga subsidiyalar yo‘lovchi soniga emas, balki yo‘nalish va qatnovlar soniga qarab beriladi. Shuningdek, kundan-kunga hayotimizga kirib kelayotgan yangi texnologiyalarni inobatga olib, elektromobillardan foydalanish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida, 50 ta quvvatlash stansiyasi va boshqa infratuzilmalar yaratiladi. Bundan tashqari, 1,8 ming kilometr avtomobil yo‘li va ichki ko‘chalarni ta’mirlashga 3 trillion 200 milliard so‘m mablag‘lar yo‘naltiriladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Avvalroq Toshkentdan “Tashmore”gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi, 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etilishi, Toshkentda yerusti metro yo‘li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Toshkentdagi tirbandliklar shaxsiy transport va taksilarning ko‘pligi bilan izohlandi

    19.10.2021, 13:19   Izoh (0)   19993
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka mahsulotlari narxini arzonlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

    19.10.2021, 12:40

    Farg‘onada dastlabki elektromobillar 2021-yil dekabr oyida test rejimida ishlab chiqariladi

    19.10.2021, 12:09

    Ta’lim va ilm-fan: partiyalar nima taklif etmoqda?

    19.10.2021, 11:25

    “O‘zgidromet” 20-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    19.10.2021, 11:23

    Namanganda eri voz kechgani uchun ovsinining qizini kanalga cho‘ktirib yuborgan ayolga sud hukmi o‘qildi

    19.10.2021, 11:08

    Jahongir Otajonov O‘zbekistonni tark etishiga taqiq qo‘yilganini ma’lum qildi. MIB holatga munosabat bildirdi

    19.10.2021, 10:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.