Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Toshkent va Tbilisida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

OFK kalendariga muvofiq 8—16-noyabr Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida yig‘in o‘tkazadi.

Ushbu yig‘in davomida Srechko Katanes shogirdlari Gruziya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 15-noyabr kuni 19:00 da Tbilisi shahridagi “Boris Paichadze” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida esa Malayziya (5:1) ustidan g‘alaba qozonib, Iordaniyaga qarshi o‘yinda (0:3) mag‘lubiyatga uchragandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di