• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Himoya — bu san’at”. Qo‘rquvdan motivatsiya oladigan va “tiki-taka”ni yoqtirmaydigan Diyego Simeone

    Ispaniya terma jamoasi va “Real” klubining sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske hozirgi kunda Ispaniyadagi asosiy intervyu ustasiga aylanib ulgurdi. Iyun oyi boshida Serxio Buskets bilan, undan so‘ng “Deportivo” afsonalari Fran Gonsales va Xuan Valeron bilan futbol haqida suhbat qurgandi. Del Boskening intervyulari muxlislarga yoqmoqda va shuning uchun “El Pais” gazetasi sobiq murabbiydan to‘laqonli jurnalist tayyorlash istagida.

    70 yoshli Visente bu safar “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan suhbatlashdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Simeonening oilaviy hayoti: farzandlari bilan faxrlanishi va kichik qizini rivojlanish uchun ilhom parisi deb hisoblashi

    Diyego Pablo Simeone 1970-yil Buenos-Ayresda tavallud topgan. Bolaligidanoq u doimiy ishlashi va mas’uliyatni bo‘yniga olishi lozim bo‘lgan: Simeone sartaroshxonada onasi Mariyaga yordam berar, otasi Karlosni esa juda kam, faqat savdoga yordamlashishga borgandagina ko‘rar edi. Ota-onasi qattiqqo‘l edi, lekin mana shu qat’iy intizom farzandning yuqoriga chiqishiga yordam berdi.

    Cholo ota-onasidan barchasi uchun minnatdor — bo‘lmasa u ham futbol o‘ynashdan ko‘ra unga ko‘proq qiziqqan juda ko‘p iste’dodli argentinalik bolalar qatorida bo‘lardi.

    Otam ‘superfutbolero’ edi. Hozir u 77 yoshda, maydonda zo‘rg‘a yugursa ham 73—74 yoshlar o‘rtasidagi havaskor futbolga borardi. Do‘stlarini shug‘ullantirardi. Otam mening eng katta tanqidchim. Futbol bizni yaqinlashtirgan, 95 foiz vaqtimiz futbol haqida gaplashish bilan o‘tib ketadi.

    Diyego Simeone

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xuddi shunday tamoyilni Simeone farzandlariga ham uqtirishga urinadi. Uning avvalgi turmushidan uchta o‘g‘li va hozirgi rafiqasi Karladan ikki nafar qizi bor. Diyego farzandlari zavqlanmaydigan ish bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu tamoyil, asosan, o‘g‘illariga tegishli, Janluka, Jovanni va Juliano professional futbol bilan shug‘ullanadi. Kenja o‘g‘li ushbu mavsumni “Atletiko” safida boshladi.

    “Har birining o‘z shaxsiyati bor, uchalasi ham ajoyib yigitlar. Ular bilan ishlagan insonlarning birinchi gapiradigan gapi ham shaxsiyat haqida bo‘ladi. Bundan faxrlanaman. Ular hayotda o‘zlari istagan narsa bilan shug‘ullanishi haqida ko‘p suhbatlashamiz. Aslida, murabbiy hech qachon ota bo‘lmaydi, biz hammamiz poygachilarmiz. Bizning so‘zlarimiz hech narsani hal qilmaydi, barchasini harakatlar va imo-ishoralar hal qiladi.

    Men ota-onamning familiyalari bilan faxrlanaman. Otam — Simeone, onam esa ispan, shuning uchun Simeone emas, Gonsales. Men ham otaman, farzandlarim o‘z yo‘lidan ketishini tushunaman. Singlim bilan juda yaqinmiz, uning xavfsizligini ta’minlashim lozim. Qizlarim esa mening rivojlanishim uchun o‘ziga xos impulsdir”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Diyego Simeone 51 yoshga kirdi. Uning 11 yili “Atletiko”ga sarflandi — lekin Cholo bundan afsusda emas.

    “Men Sevilyadan keldim, odamlar meni yaxshi ko‘rib qoldi, ammo ular uchun hech narsa qilmagandim. Birinchi mavsum juda qiyin kechdi, keyin esa ishlar yurishib ketdi. ‘Inter’ va ‘Latsio’dan keyin Ispaniyaga qaytdim. “Axir bu Cholo, u — ‘Atletiko’”, degan gaplarni eshitdim. Odamlar meni ushbu klub bilan bog‘lay boshladi. Men esa ko‘nikdim”.

    Simeone sabr qilishni emas, harakat qilishni qadrlaydi. Uning tamoyili — futbolchilarni eshitish lozim, lekin ulardan ko‘proq narsa talab qilish kerak

    “Shunday hollar bo‘ladiki, insonlar sizning so‘zlaringizni chindan qabul qiladi. Bu uning sizga quloq solishidan ko‘zga tashlanadi. Jamoa bir butun bo‘lishini xohlaymiz. Tan olish lozim, mening hislarimni maydonda bo‘lishmagan insonlar ham bo‘lgan.

    Sizga ishonishmayotgani darhol bilinadi. Buni hurmatsizlik deb hisoblayman, chunki bunday odamlar sizning qanday inson bo‘lishingiz mumkinligiga emas, qanday odam bo‘lganingizga qaraydi. Jim turishni xohlamayman. Agar odam jahl qilsa, men ham jahlimni tiyib turmayman. Nega endi yo‘q? Biz ko‘pincha boshqa odamlarning hissiyotlaridan nusxa olamiz.

    Agar futbolchilar meni hurmat qilmayapti deb hisoblasam, buni ularning o‘ziga aytaman. Maydonda g‘azab bilan chiqib ketgan futbolchilar haqida mendan so‘rashadi, lekin ular menga jahl qilmaydi. Sizni ertaroq zaxiraga olganlaridan yoki umuman zaxiraga olinayotganingizdan jahlingiz chiqishi mumkin. Bu ikkalasi turli narsalar”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Simeone — futbolchilar bilan ishlash bo‘yicha o‘rnak bo‘ladigan murabbiy. U taktik sxemalar va o‘yinoldi qo‘llanmalarga emas, futbolchilarga tayanadi. O‘tgan mavsumda “Atletiko” 3-5-2 sxemasiga o‘tdi: shundan so‘ng Mario Ermoso, Toma Lemar va Markos Lyorentening o‘yini ochildi. Futbolchilarning rivojlanishi asosida Cholo o‘z ishining samarasini ham ko‘radi.

    “Juda ko‘p tinglayman, lekin zaif emasman. Doim eshitishga tayyorman, ammo qarorni o‘zim qabul qilaman. Yomon murabbiy bo‘lishim mumkin, lekin ahmoq emasman. Jamoalari tizimli va mexanizatsiyalashgan harakatga ega bo‘lgan Byelsa shunday degandi: ‘futbolchi maydonga tushgani va o‘zi uchun to‘g‘ri deb bilgan harakatni amalga oshirgani eng faxrli jihat’. Mexanizatsiya narsalarni takrorlashga turtki beradi, aynan shu yerda murabbiyning ‘men’i ko‘rinadi”.

    Choloning eng muhim xislatlaridan biri — u futbolchi nima xohlayotganini intuitiv ravishda his qiladi. U yigitlardan bo‘sh muvaffaqiyat talab qilmaydi: Simeone futbolchilarni ruhlantiradi, nima uchun rivojlanish ularni turli jabhalarda kuchli qilishini tushuntirib beradi. Jamoa bilan birga kuchli bo‘lganlar, eng muhim futbolchilardir. Shuning uchun Diyego jamoa sardorini klubda uzoq vaqt bo‘lganiga qarab tanlamaydi.

    2016-yilda “Atletiko” Simeone bilan xayrlashishi mumkin edi. Iste’foga chiqarilish o‘yi Diyegoga doim yordam beradi

    Simeonening “Atletiko”dagi eng og‘ir damlari — 2016-yil Chempionlar Ligasi finalida “Real”ga yutqazganidan so‘ng bo‘lgan edi. O‘shanda murabbiy “Inter”ga o‘tib ketishi kutilayotgandi.

    “Eng og‘ir lahzalardan biri Milandagi Chempionlar Ligasi finali so‘ngida bo‘lgandi. Biz yana mag‘lubiyatga uchradik. Penaltilar seriyasigacha yetib borgandik. O‘n daqiqadan so‘ng jurnalistlar oldiga chiqishim lozim edi. Bu juda katta zarba bo‘lgandi. Men endi futbolchilarga nimadir bera olaman deb o‘ylamasdim. Bu o‘y noto‘g‘ri edi, ammo o‘sha paytdagi hissiyotlarim shunday edi”, — deydi Diyego.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shundan so‘ng Simeone komfort zonada qolishni xohlamasligini tushundi. “Birinchi kundan boshlab tezroq bu yerga qaytish haqida o‘yladim. Lekin ‘Atletiko’da iste’foga chiqish qo‘rquvi bilan ishlash kerak, shundagina nimadir ko‘rsata olasan.

    Biz ko‘p maqsadlarga erishdik, ‘Atletiko’ bilan sovrinlar yutdik. Jamoa iqtisodiy va sport rejimida o‘sish yo‘llarini izladi. Biz maqsadlarimizga oddiy yo‘l bilan erishmadik”.

    Simeonening taktik uslubi takrorlanmas. U himoyani san’at deb hisoblaydi

    Avvaliga del Boske va Simeone zamonaviy futbol an’analarini muhokama qildi: jamoalarning darvoza oldidan to‘pni olib, mayda paslar bilan o‘ynashi ikkala mutaxassisga ham yoqmaydi.

    “Ispaniya va ‘Barselona’ning eng yaxshi davrlarida Pike, Buskets, Xavi, Inyestalar borligi ularning muvaffaqiyati bo‘lgan, hozir ulardek futbolchilar yo‘q. Men shunday o‘ynaymanmi? Kechirasiz, bunday taktikada futbolchilarimni o‘ynata olmayman”, — deydi Diyego.

    Oxirgi vaqtlarda “Atletiko” hujumkor o‘yin namoyish etayotgan bo‘lsa, Cholo himoyaviy uslubni yoqtirishini aytdi.

    Absolyut haqiqat yo‘q, murabbiy har bir jabhaga ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Himoyaviy uslubni qo‘llamaydiganlarga qarshiman. Himoya — bu san’at. Maydonga tushish, o‘z darvozasiga yaqinroq o‘ynab, raqiblarni aldagan holda ko‘proq bo‘sh zonalar yaratish mumkin. Bu himoyaviy uslubmi yoki hujumkor? Bu qanday qarashingizga bog‘liq. Bu futbol. Jahon Chempionatini Ispaniya  yoki Fransiya kabi yutish mumkin.

    Diyego Simeone

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Simeone ingliz futbolini dinamika va temp borasida eng yaxshi deb hisoblaydi. Hozir u yerda yangidan-yangi taktikalar ishlab chiqilmoqda, bu esa ingliz futbolining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

    “25—26 yoshimda murabbiylik haqida o‘ylay boshlaganman. Eng yaxshi murabbiylar meni shug‘ullantirgan. Futbol o‘ynashni boshlaganimda murabbiyim Karlos Bilardo edi, undan minnatdorman. U yaxshiroq o‘ynashimga sababchi bo‘lgan. Undan tashqari Basile, Byelsa, Erikssonlar menga katta ta’sir o‘tkazgan. ‘Atletiko’ bilan ilk chempionlikni qarshi hujum taktikasi bilan qo‘lga kiritgan edik, o‘tgan mavsumda esa 3-5-2 taktikasida o‘ynadik. Men yangiliklarga doim ochiqman”.

    Diyego Simeonening madridliklar bilan shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan. Agar mutaxassis shartnomasi yakunigacha qolsa, “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Migel Munyosning rekordini yangilagan bo‘ladi. Ispan futbolida hech qaysi murabbiy bitta jamoada ketma-ket 14 mavsum ishlamagan. Simeone o‘z nomini tarixda qoldirish imkoniga ega.

    “O‘ylaymanki, shunday bo‘ladi. Bu haqda o‘ylasam, boshim aylanadi. Bunga erishish uchun tinmasdan mehnat qilish zarur. Har kuni ‘Atletiko’ni shug‘ullantirayotganimdan baxtliligimni tuyaman.

    Mag‘lubiyatlar esa futbolning bir qismi”, — deydi Simeone.

    18.10.2021, 23:38   Izoh (0)   15485
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan yosh sambochilar, yana Messi bilan birlashishi mumkin bo‘lgan Aguero va “Oltin to‘p” uchun tanlovini aytgan de Bryuyne. Eng...

    18.10.2021, 22:57

    Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

    18.10.2021, 22:15

    La Liga. “Barselona” 4 ta gol urilgan o‘yinda “Valensiya”ni taslim etdi

    18.10.2021, 02:01

    A Seriya. Eldor Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda “Roma” Turinda “Yuventus”ga yutqazib qo‘ydi

    18.10.2021, 01:50

    APL. “Tottenhem” saudiyaliklar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    17.10.2021, 23:08

    “Oltin to‘p”—2021 ga kim haqliroq? Yilning eng muhim sovrini uchun kurashdagi 5 favorit

    17.10.2021, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.