Uzbekistan Airways 2021-yil 15-oktabrdan boshlab Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus shaharlariga qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

1. Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchta qatnov qo‘shildi: chorshanba, shanba va yakshanba kunlari. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bagajsiz bir tomonga 408 681 so‘mdan, bagaj bilan esa 506 513 so‘mdan boshlanadi. Borish va ortga qaytish bagajsiz 778 301 so‘mdan, bagaj bilan 963 611 so‘mdan boshlanadi.

2. Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta aviaqatnov qo‘shildi: dushanba va juma kunlari. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bagajsiz bir tomonga 407 681 so‘mdan, bagaj bilan esa 506 653 so‘mdan boshlanadi. Borish va ortga qaytish bagajsiz 803 009 so‘mdan, bagaj bilan 988 319 so‘mdan boshlanadi.

3. Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta aviaqatnov qo‘shildi: payshanba va juma kunlari. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bagajsiz bir tomonga 160 602 so‘mdan, bagaj bilan 185 310 so‘mdan boshlanadi. Borish va ortga qaytish bagajsiz 308 850 so‘mdan, bagaj bilan 358 266 so‘mdan boshlanadi.

4. Toshkent—Termiz—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta aviaqatnov qo‘shildi: seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bagajsiz bir tomonga 407 681 so‘mdan, bagaj bilan esa 506 653 so‘mdan boshlanadi. Borish va ortga qaytish bagajsiz 803 009 so‘mdan, bagaj bilan 988 319 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan, shuningdek, ko‘rsatilgan shaharlar aeroportlaridan xarid qilish mumkin. Aviakompaniya rasmiy sayti orqali aviachiptani xarid qilib olayotganda 3 foiz chegirma taqdim etiladi.