Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Nasaf TV” telekanali.
Ma’lum qilinishicha, 7-oktabr kuni soat 07:45 larda Buxoro—Nukus—Benau avtomobil yo‘lining 15-kilometri oralig‘ida, ya’ni G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda Nexia avtomobilining orqa chap g‘ildiragi chiqib ketgan va mashina ag‘darilib tushgan.
G‘ildirak esa beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia avtomobilining tom qismiga urilgan. Yengil mashina haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda yoritish chirog‘i ustuniga urilib, yong‘in chiqqan Lacetti’da ikki kishi vafot etgani, Namanganda o‘zaro to‘qnashgan “Moskvich” va Nexia orasida qolib ketgan 11 yoshli qiz halok bo‘lgani, Qashqadaryoda piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan Nexia haydovchisi voqea joyidan yashiringani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)