• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bittagina klip uchun butun boshli mashinaning puli. O‘zbekistonlik xonandalar 3-4 daqiqalik video uchun qancha xarajat qiladi?

    Taxminan, 4-5 daqiqa davom etadigan kliplarni suratga olish uchun qancha mablag‘ sarflanishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, xorij shou-biznesiga qaraganda O‘zbekistondagi narx-navolar birmuncha arzon. Ammo ular orasida bitta mashinaning puli sarflanganlari ham ko‘plab topiladi. Tomoshabinlar sevib tomosha qiladigan kliplar xonandalarga qanchaga tushishini aniqlash maqsadida O‘zbekistonning eng taniqli klipmeykerlari bilan suhbatda bo‘ldik.

    Yodgor Nosirov – “Xafa-xafa” (Munisa Rizayeva), “Aka” (Ulug‘bek Rahmatullayev), “Yig‘lama, qizaloq” (Rayhon), “Balki” (Shahzoda) kabi ko‘plab kliplar muallifi:

    Foto: Instagram / @yodgornosirov

    Foto: Instagram / @yodgornosirov

    — Aslida klip muvaffaqiyati mablag‘ga bog‘liq emas. Tajribam davomida oddiy ishlangan klip ham ommalashib ketganiga ko‘p bor guvoh bo‘lganman.

    Shu kungacha olgan kliplarimning umumiy budjeti va tashkiliy ishlariga aralashmayman. Bu ishlarni xonandaning ma’murlari yoki yordamchilarim qilgani ma’qul. Men rejissor sifatida o‘z gonorarimni belgilayman va boshqa xarajatlarga aralashmayman. Keyinroq klipning umumiy xarajatlari haqidagi ma’lumotlar qulog‘imga chalinadi. Menimcha, men suratga olgan eng qimmat klip Lolaning “Love me” qo‘shig‘iga olingan. To‘rt kun davom etgan syomka jarayonida 100 ga yaqin ommaviy sahnalar ishtirokchisi qatnashgan. Bundan tashqari, suratga olish maydonchasiga katta ekran o‘rnatilib, ochiq konsert zali dekoratsiyasi qurilgan. Buning uchun Lola 13 000 AQSh dollari sarflagan ekan.

    Rauf Nabiyev – “Jonim, yur” (“Ummon” guruhi), “Qaddi baland” (Jahongir Otajonov), “Dilam” (Ulug‘bek Rahmatullayev) kabi ko‘plab kliplar muallifi:

    Foto: Instagram / @rauf_nabiev_

    Foto: Instagram / @rauf_nabiev_

    — Hamma xonanda cho‘ntagiga qarab klip suratga oladi. Kulgili bo‘lsa-da aytaman: 500-1000 AQSh dollariga klip olishni rejalashtirayotganlar ham bor. Ammo ularni professional ijod deb bo‘lmaydi. Yaxshi klip arzonga baholanmaydi. Ammo katta budjetga ega bo‘la turib o‘zini oqlamagan kliplar ham bor. Masalan, Ozodbek Nazarbekov “Mendurman o‘sha” klipi uchun 15 000 AQSh dollari xarajat qilgan. Klipning sujeti va operatorlik ishlari a’lo, ammo grafika ko‘ngildagidek chiqmagan. Qo‘rqmasdan bu klipni budjeti katta-yu, ammo sifati talabga javob bermaydi, deyolaman.

    Narimon Sultonxo‘jayev — “Sekin-asta” (Munisa Rizayeva), “Nima qilish kerak?” (Shohruxxon), “Bo‘ldi” (Manzura) kabi ko‘plab kliplar muallifi:

    Foto: Instagram / @nurimonsultanxodjayev

    Foto: Instagram / @nurimonsultanxodjayev

    — Anchadan buyon klip suratga olayotganim yo‘q. Chunki o‘zbek klip sanoati allaqachon “o‘lib” bo‘lgan. 10-12 yillar avval Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelib bizda klip suratga olishardi. Hozir esa ular bizdan ancha o‘zib ketishgan. Bizning xonandalar esa xarajatdan qochib, eski uslubdagi kliplar bilan o‘zlarini ovuntirib yurishibdi. Faoliyatimdagi eng qimmat klip Munisa Rizayevaning “Sekin-asta” qo‘shig‘iga suratga olingan. Chunki klipning ayrim kadrlarini suratga olish uchun 2 soat vertolyotda uchishimga to‘g‘ri kelgan. Oddiy klip xarajatidan tashqari ijodiy guruhning yo‘l va mehmonxona xarajatlarini ham hisoblaganda, u xonandaga yaxshigina qimmatga tushgan.

    Shuhrat Mavlonov – “Qaniydi”, “Oltin baliq” (Ozoda Nursaidova), “Layli” (Gulsanam Mamazoitova), “Qorajon” (Hosila Rahimova) kabi ko‘plab kliplar muallifi:

    Foto: Instagram / @mavlonovproduction_official

    Foto: Instagram / @mavlonovproduction_official

    — Xonandaning xohishiga qarab klip suratga olamiz. Menda klip olishning ma’lum narxi yo‘q. Ba’zan tekinga klip olgan paytlarim ham bo‘lgan. Ba’zi yosh xonandalarning mablag‘iga qarab, oddiy va efir talabiga javob beradigan klip ham olib beraman. Adashmasam, eng qimmat klipni Ozoda Nursaidovaning “Ajdodlar” nomli qo‘shig‘iga suratga olganman. Klip tarixiy voqealar asosida yaratilgani uchun unga 10 000 AQSh dollari xarajat qilingan.

    Jamshid Isoqxo‘jayev — “Tor ko‘cha” (Ziyoda), “Yurak” (Oybek va Nigora), “Sog‘indim” (Dilso‘z), “Yomg‘ir” (Munisa Rizayeva) kabi ko‘plab kliplar muallifi:

    Foto: Instagram / @isakhadjaev

    Foto: Instagram / @isakhadjaev

    — Klipmeykerlik faoliyatimni boshlaganimga endigina 4 yil bo‘ldi. Yuqoridagi ustozlardan ortiqroq gapni gapirishim qiyin. Shu kungacha ko‘plab xonandalar bilan hamkorlik qilganman. Ziyodaning “Tor ko‘cha” klipiga 4 000 AQSh dollari sarflangandi. Hozircha ijodimdagi eng qimmat klip Shohruxxonning “TikTok” qo‘shig‘i uchun suratga olindi. Uning umumiy budjeti 6 500 AQSh dollarini tashkil etdi.

    Sharoitdan kelib chiqqan holda arzon klip olish mumkin. Ammo u professionallik talablariga javob bermaydi. Shu bois sifatli klip, taxminan, 4 000-5 000 AQSh dollariga suratga olinadi.

    Habibulloh Nabiyev – “O‘ynasin” (Jahongir Otajonov), “Yurak” (Shahlo Ahmedova), “Kunlar” (Sevara Nazarxon) kabi ko‘plab kliplar muallifi:

    Foto: @khabi_nabiev

    Foto: @khabi_nabiev

    — Ochig‘i, arzonga klip suratga olmayman. O‘rtacha klipni, taxminan, 5 000-7 000 AQSh dollariga suratga olaman, mablag‘ qimmatlik qilsa taklifni rad etaman. Chunki men ijaraga oladigan texnikalar va hamkorlik qiladigan ijodkorlarning gonorar summasi ancha baland.Ijodimdagi eng qimmat klipni Munisa Rizayevaning “Bo‘ldi, yurak” qo‘shig‘i uchun suratga olganman. Klipda yong‘in va avtohalokat kabi murakkab sahnalarni jonlantirish katta mablag‘ni talab etadi. Undan keyin Ozoda Nursaidovaning “Habibi” qo‘shig‘i uchun 10 000 AQSh dollariga klip oldik. Klip uchun maxsus dekoratsiya qurilgan.

    Mavzuga doir: Ularning kunlik gonorarini boshqalar bir oyda topadi: O‘zbek kinosining “eng qimmat” aktrisalari reytingi (foto)

    14.10.2021, 14:58   Izoh (0)   106843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tabassum qiling, yulduzli mehmon. Boshqalarning kadrida to‘satdan ko‘rinish berishni xush ko‘radigan mashhurlar (foto)

    14.10.2021, 10:54

    “Men buning uchun o‘z jonimga qasd qilmoqchi bo‘lganman!”. Xonanda Madonna umr bo‘yi nimadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi

    13.10.2021, 15:55

    15 kilogrammdan 43 kilogrammgacha: ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni uddalay olgan o‘zbek shou-biznes vakillari (foto)

    13.10.2021, 14:34

    Instagram: Shahzoda o‘g‘lining, Dildora Niyozova qizining tug‘ilgan kunini nishonladi, Munisa Rizayeva — “terrorchini sevib qolgan organ xodimi”, Sevinch — betob

    12.10.2021, 22:44

    Aktrisa Kristen Styuartning malika Diana obrazidagi liboslari (foto)

    12.10.2021, 14:50

    Bir vaqtning o‘zida ham iste’dodli, ham mahoratsiz deb topilgan aktyorlar: “Oskar” va “Oltin malina” mukofoti sovrindorlari (foto)

    12.10.2021, 12:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.