• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    15 kilogrammdan 43 kilogrammgacha: ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni uddalay olgan o‘zbek shou-biznes vakillari (foto)

    Semizlik zamonaviy odamlarni o‘ylantirayotgan muammolardan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu masala mashhur ayollarni ham chetlab o‘tmagan. Ular boshqa soha vakillariga nisbatan ko‘proq qomatlari haqida qayg‘uradi. Quyida ortiqcha vazndan turli usullar bilan xalos bo‘lgan shou-biznes vakillarining so‘zlariga quloq tutamiz.

    Zuhra Soliyeva: “Oshqozonimni kestirishga majbur bo‘ldim!”

    Foto: Zuhra Soliyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Zuhra Soliyevaning shaxsiy arxividan

    — Hayotda u qadar ishtahali inson emasman, bundan tashqari, kunimning eng kamida o‘n soati harakatda o‘tadi. Ayni karantin davri kuchaytirilgan paytda uyda chiqmay kuniga 7-8 soat jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandim. Eng alam qilgani bir gramm ham vazn yo‘qotmadim. Keyin bilsam, bu holatning sababi boshqa ekan. Shifokorlar gormonlarimda jiddiy muammo borligi va bu stresslar natijasida yuzaga kelganini aytishdi. Yoshman, g‘amni yenga olaman deb o‘ylarkanmiz, ammo u organizmda o‘z zaxirasini to‘plab boraverar ekan. Shifokorlar kamida qirq kilo vazn tashlashim kerakligini aytishdi. Shu bois oshqozonni kichraytirish amaliyotiga rozilik berdim. Operatsiyadan so‘ng bir oyda 20 kilogramm vazn yo‘qotdim. Ammo bundan keyingi jarayon biroz sekinlashar ekan. Bu terining tarang tortilishi bilan bog‘liq. Nasib qilsa, bir yillarda kutilgan natijaga erishaman.

    Muyassar Berdiqulova: “Sog‘lig‘imni tiklash uchun ozdim!”

    Foto: Muyassar Berdiqulovaning shaxsiy arxividan.

    Foto: Muyassar Berdiqulovaning shaxsiy arxividan.

    — Haqiqatan ham 3-4 yil oldin ancha vazn to‘plagandim. Bu o‘z-o‘zidan sog‘liqqa ham jiddiy ta’sir yetar ekan. Shu bois sog‘lig‘imni tiklash uchun ozdim. Diyetaga jiddiy rioya qilaman, fitnes bilan muntazam shug‘ullanaman va tabiiy giyohlar yordamida tayyorlangan damlamalarni iste’mol qilaman. Bu usulda ozish qisqa muddatda natija bermaydi. Ammo turli dori-darmonlarga nisbatan bezarar va xavfsiz hisoblanadi. Keyingi paytlarda yuzingizni operatsiya qildirganmisiz, deb so‘rashyapti. Yuzimdagi ajinlarning kamayishi va terining tortilishi ham sog‘lom ozishning samarasidir. Shu kungacha 25 kilo vazndan qutuldim. Endilikda shu natijani yo‘qotmaslik niyatidaman.

    Ziyoda: “Har kuni yuguryapman”

    Foto: Ziyoda Qobilovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Ziyoda Qobilovaning shaxsiy arxividan

    — “Qanday ozdingiz?” degan savolni har kuni eshityapman. Ozdiruvchi dorilarni iste’mol qilganim yo‘q. Faqatgina har kuni yugurish yo‘lakchasida kami 30 yoki 60 daqiqa shug‘ullanyapman. Shu bilan birga, suyuqlik ko‘p iste’mol qilib, kaloriyaga boy taomlardan tiyilyapman. Vazn to‘plaganim yuzimda darrov sezilardi. Natija u qadar yuqori bo‘lmasa-da, odamlarda semiribdi, degan taassurot uyg‘onardi. Rosti, qancha vazn yo‘qotayotganimni hisoblayotganim yo‘q. O‘zimni yengil his qilyapmanmi, demak, ozyapman.

    Kamola Oripova: “43 kiloga ozdim, yana 10 kilo tashlashim kerak”

    Foto: Kamola Oripovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Kamola Oripovaning shaxsiy arxividan

    — Shu kungacha ko‘p marotaba parhez qilganman. Jismoniy mashqlarni-ku aytmasa ham bo‘ladi. Ammo hech qanday natija bo‘lmagan. Shundan so‘ng 2020-yilning 8-fevral sanasida oshqozon kestirish operatsiyasidan o‘tishga rozi bo‘ldim. Chunki ortiqcha vazn tufayli qandli diabet, qon bosimi va yurak og‘riqlari paydo bo‘layotgan edi. Operatsiya 90 kilogrammdan kam vazndagi insonlarga qo‘llanilmas ekan. Operatsiyadan so‘ng bir yil ichida 43 kilo vazn yo‘qotdim. Shukrki, bu amaliyot farzand ko‘rishimga ham salbiy ta’sir etgani yo‘q. Yana 10 kiloga ozishni rejalashtiryapman.

    Nilufar Usmonova: “Faqat parhez bilan natijaga erishish qiyin”

    Foto: Nilufar Usmonovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nilufar Usmonovaning shaxsiy arxividan

    — Ko‘pchilik ayollar tug‘ruqdan so‘ng semiradi. Menda ham har bir farzandimni dunyoga keltirgach, vazn to‘plash bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Parhez qilishim qiyin. Shu bois ko‘proq suv, meva-sabzavotlarni iste’mol qilib, tinimsiz sport bilan shug‘ullanaman. Chunki parhezda yog‘lar erishi passiv, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda esa faol bo‘ladi. Shu bois faqat parhezning o‘zi bilan kutilgan natijaga erishish qiyin.

    Ozoda Nursaidova sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ozishga kirishgan

    Foto: Ozoda Nursaidovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Ozoda Nursaidovaning shaxsiy arxividan

    Xonanda 2015-yilda sog‘lig‘idagi muammolar sabab ozishga jiddiy qaror qilgan. U intervyulardan birida shunday degandi:

    “Turkiyada laparotomiya operatsiyasidan o‘tib qaytdim. Anchadan beri qiynayotgan professional kasallik (murakkab qo‘shiqlar kuylanayotganda bosim qoringa tushadi) bo‘lgan qorin churrasini operatsiya qildirdim. Bunda oshqozonimning ham yarmini kesishga to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda qat’iy parhez tufayli deyarli oddiy suv bilan kun o‘tkazyapman”.

    Bugungi xonanda bir necha yil oldingi Ozoda Nursaidovadan butunlay farq qiladi. Xonandaning tashqi ko‘rinishi 6 yil ichida katta o‘zgarishlarga uchragan. Ozoda Nursaidova hozirda sog‘lom ovqatlanishga amal qiladi hamda fitnes bilan muntazam shug‘ullanadi.

    Hosila Rahimova: “Kuniga ikki soat yuguraman”

    Foto: Hosila Rahimovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hosila Rahimovaning shaxsiy arxividan

    — Inson chiroy uchun emas, erkin harakatlanish uchun ham ortiqcha vazndan xalos bo‘lishi kerak. Chunki yog‘lar inson salomatligining yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Shu bois ozishga jiddiy qaror qildim. Sog‘lom ovqatlanishga amal qilaman va ko‘proq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanaman. Har kuni ikki soat vaqtimni yugurishga sarflayman. Yog‘li, sho‘r va shirin yeguliklarni iste’mol qilmayman. Kunlik ratsionimni, asosan, sabzavotli salatlar va mevalar tashkil etadi. Shu bilan birga, ko‘p suv ichaman.

        Mavzuga doir: 

    • Fotogalereya: Tanib bo‘lmas darajada ozgan mashhurlar
    • Yulduzlar ozishdan oldin va keyin
    • Tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

    13.10.2021, 14:34   Izoh (0)   127287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Shahzoda o‘g‘lining, Dildora Niyozova qizining tug‘ilgan kunini nishonladi, Munisa Rizayeva — “terrorchini sevib qolgan organ xodimi”, Sevinch — betob

    12.10.2021, 22:44

    Aktrisa Kristen Styuartning malika Diana obrazidagi liboslari (foto)

    12.10.2021, 14:50

    Bir vaqtning o‘zida ham iste’dodli, ham mahoratsiz deb topilgan aktyorlar: “Oskar” va “Oltin malina” mukofoti sovrindorlari (foto)

    12.10.2021, 12:51

    Och qoringa kokos yog‘i, nonsiz tayyorlangan buterbrod: Gvinet Peltrouning sarvqomatligi siri nimada?

    12.10.2021, 10:49

    Rassom vaqt juda tez o‘tayotganini ko‘rsatish uchun mashhurlarning yoshligi va hozirgi suratlarini birlashtirdi (foto)

    12.10.2021, 09:46

    Instagram: Dildora Niyozova yolg‘iz ayol dardini kuyladi, Shahzoda Matchonovadan yangi fotosessiya, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Mansur Agaliyev

    11.10.2021, 22:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin: “Rossiya frontga Ukrainadan ikki baravar ko‘p askar yubormoqda”

    Dunyo | 14 may, 10:17

    Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad etildi

    O‘zbekiston | 14 may, 10:06

    Siz o‘ylagandan ham muhim: nima uchun farzandlarni doim tinglash zarur?

    Farzand | 14 may, 09:58

    Pul, qurol va siyosat: Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifida nimalarga erishildi?

    Dunyo | 14 may, 09:48

    IIBB BAA — O‘zbekiston uchrashuvi oldidan futbol muxlislarini ogohlantiradi (video)

    Sport | 14 may, 09:44

    O‘zbekistonda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

    O‘zbekiston | 14 may, 09:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.