Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 12-oktabr kuni MAN yuk mashinasida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, tumanning “Olmazor” MFYdan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048-kilometrida harakatlanayotgan MAN tirkamali yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tuman FVBga soat 23:38 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borib, yong‘in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yuk mashina tirkamasiga yuklangan, taxminan, 25 tonna polietilen rulon yonib zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, jabrlanmagan. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa, taxminan, 18 kilometrni tashkil etadi.

Avvalroq Buxoroda to‘xtab turgan Cobalt’da, Qarshida harakatlanib ketayotgan Nexia’da, Toshkentda harakatlanayotgan Hyundai Sonata’da yong‘in chiqqandi. Toshkentda YTHga uchrab ag‘darilgan Lada Samara, Samarqandda to‘xtab turgan Captiva, Qarshida harakatlanib ketayotgan Lacetti esa butunlay yonib ketgandi.