Daryo

Buxoroda to‘xtab turgan Cobalt’da yong‘in chiqdi (video)

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, avtomobilning motor va old salon qismlariga zarar yetgan

1 daqiqa o‘qish53 956 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

Buxoro shahrida to‘xtab turgan Cobalt’da yong‘in chiqib, mator va old salon qismlariga zarar yetdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Voqea 24-sentabr kuni soat 19:53 da yuz bergan. T.Farog‘iy ko‘chasi 67-uy oldida turgan J. M.ga tegishli Cobalt’da yong‘in chiqib, avtomobilning motor va old salon qismlari yongan. O‘t o‘chiruvchilar soat 20:04 da yong‘inni batamom o‘chirgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati va halok bo‘lish holatlari aniqlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda moddiy zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qarshida harakatlanib ketayotgan Nexia’da, Toshkentda harakatlanayotgan Hyundai Sonata’da yong‘in chiqqandi. Jizzaxdagi zapravkada “Jiguli”, Toshkentda YTHga uchrab ag‘darilgan Lada Samara, Samarqandda to‘xtab turgan Captiva, Qarshida harakatlanib ketayotgan Lacetti esa butunlay yonib ketgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar