Daryo

Samarqandda to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi (video)

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish61 988 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida 3-avgust kuni soat 16:20 larda Captiva yonib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida to‘xtab turgan Captiva’ning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar soat 16:01 da kelib tushgan va voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:06 da yetib borib, soat 16:13 da yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q

Foto: Samarqand viloyati FVB matbuot xizmati
Holat yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar