Daryo

Toshkentda harakatlanayotgan Hyundai Sonata’da yong‘in chiqdi (video)

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish52 674 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Chilonzor tumanida harakatlanayotgan Hyundai Sonata’da yong‘in chiqdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5-avgust kuni soat 16:10 larda haydovchi Hyundai Sonata rusumli avtomobilda KHAY ko‘chasida harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan “Afruz” to‘yxonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va avtomobilni to‘xtatgan.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in haqidagi xabar Toshkent shahar FVBga soat 16:10 kelib tushgan. Xabarga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:16 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 16:21 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa yuzasidan hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda avtomobilda yong‘in chiqishi holatlari ko‘p uchramoqda. 30-iyul kuni Qarshida harakatlanib ketayotgan Nexia, 31-iyul kuni Toshkentda YTHga uchrab ag‘darilgan Lada Samara, 1-avgust kuni Jizzaxdagi zapravkada “Jiguli”, 3-avgust kuni Samarqandda to‘xtab turgan Captiva yonib ketgandi.

5-avgust kuni esa Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida yonib ketdi. Oqibatda Lacetti’dagi to‘rt nafar fuqaro tanib bo‘lmas darajada kuyib, vafot etdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar