Daryo

Qarshi shahrida harakatlanib ketayotgan avtomobil yonib ketdi

Avtomobil Qarshi shahrida yashovchi fuqaroga tegishli Nexia bo‘lib, yong‘indan hech kim kuyish tan jarohatini olmagan

1 daqiqa o‘qish57 030 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sohib Vaitov

Qarshi shahridagi Mustaqillik shoh ko‘chasida harakatlanib ketayotgan avtomobil yonib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov xabar berdi.

Foto: Sohib Vaitov

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 30-iyul kuni soat taxminan 10:45 da Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasida harakatlanib borayotgan avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, Qarshi shahar FVB 3-PYOQ qismida 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilar soat taxminan 10:51 da voqea joyiga yetib borib, soat 11:05 da yong‘inni to‘liq o‘chirgan.

Foto: Sohib Vaitov
Aniqlanishcha, ushbu avtomobil Qarshi shahrida yashovchi fuqaroga tegishli Nexia bo‘lib, yong‘indan hech kim kuyish tan jarohatini olmagan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar