Daryo

Qarshida harakatlanib ketayotgan Lacetti’da yong‘in chiqdi

Ma’lum qilinishicha, avtomobil egasi va unga ko‘maklashganlar yong‘in haqida tezda xabar bermay, voqea joyiga kelib qolgan vodovozdan foydalanib, yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan. Va yong‘inning kuchayib ketishiga sababchi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish45 284 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sohib Vaitov

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yana bir avtomobil — harakatlanib ketayotgan Lacetti’da yong‘in chiqdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: Sohib Vaitov

Voqeani aniqlashtirgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yong‘in haqida soat 20:33 da xabar berilganini ma’lum qildi.

“Voqea joyiga Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi 2-yong‘in-qutqaruv qismidan 1 ta bo‘linma soat 20:35 da yetib borib, taxminan, soat 20:41 da yong‘in to‘liq o‘chirildi. Yong‘in oqibatida Lacetti rusumli avtomobil zarar ko‘rgan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in natijasidan hech kim tan jarohati olmaganligi ma’lum bo‘ldi”, — deydi Sohib Vaitov.

Foto: Sohib Vaitov

Sohib Vaitovning qo‘shimcha qilishicha, avtomobil egasi va unga ko‘maklashgan kishilar yong‘in haqida tezda xabar bermay, voqea joyiga kelib qolgan vodovozdan foydalanib, yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan. Va yong‘inning kuchayib ketishiga sababchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qarshida yurib ketayotgan Nexia, shuningdek, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzu’ga urilgan Nexia-2 yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Mavuzga doir: Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi (foto)

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar