• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Siyosiy hollar

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Siyosiy hollar

    Musibat ustina musibat! Rusiyaning hozirgi holini ochiq tasvir etmak uchun mundan yarasharoq1 so‘z yo‘qdir. O‘zgarishdan2 so‘ng Rusiyaning har tarafindan ochliqlar, yong‘inlar, talonlar, o‘lumlar, o‘ldurmalar bo‘lub turg‘an chog‘da birda chiqib qolg‘an g‘olibiya mag‘lublig‘i bilan buning ustig‘a tortilmas bir yuk bo‘lub cho‘kgan Rig‘o3 ketishini ko‘zda olsak va bunlar orqasindan bosib kelgan Boltiq mag‘lubligini o‘ylasak, Rusiyani musibat ustinda musibat bosayotibdir.
    Rusiya amrinda emdigi tuyoklarin ostinda yotibdir deyarg‘a bizni majbur qilur. Voqea Rig‘o kabi chidamli bir qo‘rg‘onning uch kunda ketmasi Boltiqdagi kimsalarning chopibg‘ina anglamasi, yolg‘uz ishtahalarni emas, o‘z istiqbollaridan ruslarning o‘zlarini dahi ma’yus qilur, rus kuchindagi e’timod4 va e’tiborlarni tubindan churutur hodisalardan edi. Ortiq ruslarning oxirlari qolg‘an bo‘lsa, butun-butun muttafiqlarig‘a5 qolg‘an edi. Ruslar “ehtimolki, muttafiqlarimiz o‘z maydonlarina orqasi aysimas6 yurushlar qilib, bizni o‘zigagina undururlar” deb o‘ylay edilar.
    Rus siyosiylari shunday bir umid bilan urunib turmoqda ekan, birdan Italiya qo‘shuni buzuldi. Olmonlar Italiya uzra temur yumruqlarini undirdilar7 va Italiya qo‘shuni o‘z boshini olib, Olp tog‘lari orqasiga chiqorg‘a majbur bo‘ladi. Olmonlar, yo‘llari uzra Italiya qo‘shunindan ming bo‘yla kuchliroq bir mone’8 bo‘lg‘an Olp tog‘larin oshib, Italiya sahrolarig‘a indilar. Ortiq Italiya o‘lkasining har yoniga olmon qo‘shuni uchun yo‘llar ochildi…

    Italiyaning bu qo‘rqunch mag‘lublig‘i yolg‘iz italyonlar uchun emas, ruslar uchun daxi buyuk bir musibat bo‘ldi. Chunki yong‘inlarinda, badbaxtlik loyqalarinda botib qolg‘an Italiyaning qo‘lindan ololmag‘an muttafiqlar qo‘shunindan Rusiya uchun ko‘mak ko‘zlayikning ma’nosiz bir edugini yangidan isbot qilib berdi. Buning natijasinda Rusiyada yangi bir balo bosh ko‘tardi, bolshevik balosi!

    Bolsheviklar ikkinchi yo‘la qo‘zg‘aldilar. Bu qo‘zg‘alishlari birinchisi kabi bo‘lmadi. Bu daf’a buyuk ish qurdilar. Petrog‘radni olib, Kerenskiyni Rusiyaning sodiq bolalarini oxtarib topib, to‘plab keturmak uchun maydonlarig‘acha ketarg‘a majbur etdilar. So‘ng xabarlarga ko‘ra, Kerenskiy tevarakdan to‘plab keturdigi qo‘shun bilan bolsheviklarni yengmish va Petrog‘radni unlarning qo‘lindan yangidan olmishdir.

    Olmish, ammo bolshevik balosi boshqa bir tarafdan bosh ko‘tardi: Toshkandda to‘rt kunlik qonli bir urushmadan so‘ng, u yerni kerenskiychilardan bo‘shatdi. Ehtimolki, Kerenskiyning Petrog‘raddagi g‘oliblig‘i Toshkand mag‘lublig‘ini e’tibordai tushurar; ehtimolki, Kerenskiy Petrog‘rad ishini tuzatgandan keyin Toshkandni daxi yanadan olur. Lekin shunlargina bilan bolshevik kuchining yo‘q bo‘lurini umid etmak to‘g‘ri emas. Bolsheviklarning ikkinchi chiqishlari bilan birinchi chiqishlari orasidagi ayirbodni ko‘rgan kimsalar uchinchi bir chiqishning qanday bo‘lurini onglab olsalar kerak.

    Biz turkistoniylar uchun har holda kerenskiychilar bilan bolsheviklar orasindag‘i kurashning bitib ketmadigini ko‘zda tutib, o‘z yo‘llarimizni shunga ko‘ra tayin etmak kerakdir. Bilamizki, hozirda kurashib turgan bu oygi firqaning har biri hurriyatchidir. Ikkisining ham bizga zararli tushunchalari oxirda yo‘qdir. Zero, bunlardan birontasi istibdod tarafdori emasdir. Telbalik qilib chopibg‘ina bunlardan birini yoqlamoq foydali bo‘lib chiqmas. Rusiyada istibdod tarafdorlari chiqmaguncha musulmon kuchini sarf etmak xatodir. Hurriyatchi ikki partiya orasinda bo‘laturg‘an urushlarg‘a qotishmoq, bunlardan birini yoqlab o‘zgasidan yuz qaytarmoq ehtiyotsizliqdir. Bunlarning ham bizning so‘zimiz shu bo‘lg‘ulidirki: biz musulmonlar sizning hech biringizdan nafrat qilmaymiz. Bizning milliy vataniy haqlarimizni g‘asb etmak fikriga tushmaguncha biz hech biringizga dushman bo‘lmaymiz.

    Mana hozirda turkistoniylar uchun xatarsiz yo‘l shu yo‘ldir.

    Abdurauf Fitrat

    “Hurriyat”, 1917-yil, 49-son


    Izohlar

    1yarasharoq — yarashiqliroq.

    2o‘zgarish — Oktabr inqilobi.

    3Rig‘o — Riga shahri. Rusiyaning Boltiqbo‘yini egallash ilinjidagi janglardagi muvaffaqiyatsizligi nazarda tutiladi.

    4e’timod — yupanch, tayanch.

    5muttafiq — birlashgan, ittifoqchi.

    6orqasi aysimas — natijasiz.

    7Birinchi jahon urushidagi Olmoniya va Italiya qo‘shinlarining o‘zaro kurashlari nazarda tutilgan. Italyan qo‘shinlari Alp tog‘larini oshib o‘tishi bilan o‘z ichki mudofaasidan uzoqlashib ketadi. Olmoniyaning Italiya ichkarisiga yo‘l ochishi voqealari nazarda tutilmoqda.

    8mone’ — to‘siq.

    12.10.2021, 23:51   Izoh (0)   19609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda “Moskvich” urib ketishi oqibatida velosipedchi vafot etdi

    12.10.2021, 23:45

    Yangra, ona tilim

    12.10.2021, 23:40

    Toshkentda YPXdan qochgan Nexia haydovchisini to‘xtatishda tabel qurolidan o‘q uzilgan. IIBB voqea tafsilotlarini e’lon qildi

    12.10.2021, 23:29

    Senatning yigirmanchi yalpi majlisi 20-oktabr kuni chaqiriladi

    12.10.2021, 22:58

    Toshkentda “zakovatchilar” uchun alohida bino barpo qilinadi, harakatni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mlrd ajratiladi

    12.10.2021, 21:43

    “Buxoro viloyatida aholi ehtiyojiga nisbatan 2 baravar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiyalari quriladi” — Shavkat Mirziyoyev

    12.10.2021, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya bosh vaziri va BMT bosh kotibi Nagasaki bo‘yicha nutqda AQSHni tilga olmadi

    Dunyo | 9 avgust, 13:15

    Meta 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisiga 250 mln dollarlik maosh taklif qildi

    Layfstayl | 9 avgust, 12:45

    Hamzat Chimayev: “Agar men Olimpiya chempioniga qarshi chiqadigan bo‘lsam, u meni yanchib tashlaydi”

    Sport | 9 avgust, 12:35

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 12:20

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.