• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jozibador g‘oyalarning mustahkam asosi bo‘lishi lozim

    Siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlaridagi aksariyat g‘oyalari reallikdan ancha yiroq. Ayniqsa, O‘zbekiston iqtisodiyotini ko‘tarishga qaratilgan takliflarning turli uchrashuvlar, hatto oddiy suhbatlar chog‘ida ham iqtisodiyotdan xabari bor odamlar o‘zaro bahslashib, hisobini chiqarolmay ovora.

    Darhaqiqat, ba’zi saylovoldi dasturlarida davlat byudjeti hisobiga balandparvoz iqtisodiy masalalarni taklif etilayotgani anchayin bahstalabdir. Shu nuqtai nazardan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlariga kiritilgan “sirti yaltiroq” g‘oyalarga bir nazar solsak.

    Qo‘ng‘irotboy Sharipov.

    Qo‘ng‘irotboy Sharipov.
    Foto: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturida ham o‘ziga xos bahsli takliflar mavjud. Birinchisi, uy-joylarning narxini keskin kamaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini munitsipal uylar bilan ta’minlash masalasi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston xalqi ehtiyojini to‘la qondirish uchun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar qurish kerak. Buning uchun esa, qariyb 30 trillion so‘m zarur bo‘ladi. Bu mablag‘ davlat byudjetining 23 foizidan ziyodini tashkil etadi. O‘z-o‘zidan ayonki, davlat byudjetining buncha qismini birgina shu sohaga ajratib bo‘lmaydi. Shuningdek, davlat xususiy sektor ishtirokisiz aholi ehtiyojini to‘la qondirishi qiyin. Shu bois, ipoteka tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, bozor mexanizmlarini joriy etish, sohada xususiy sektorning o‘rnini oshirish katta ahamiyatga ega.

    Ikkinchisi, pensiyadagi yuqori cheklovlarni bekor qilish, mehnatga, maoshga va ijtimoiy to‘lovlarga yarasha pensiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflar.

    Agar amaldagi chegaraviy bazaviy miqdor bekor qilinadigan bo‘lsa, 352 200 kishiga to‘lanadigan pensiya miqdori sezilarli darajada oshishi aniq. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning byudjetiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Dasturning soliqlar bilan bog‘liq yo‘nalishi ham e’tiborga molik. Jumladan, unda soliqqa tortishning progressiv stavkalarini o‘rnatish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni moddiy qo‘llash taklif etilmoqda. Ijtimoiy tenglikni o‘rnatish maqsadini ko‘zlagan bo‘lsa-da, ushbu taklif xufyona iqtisodiyotning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

    Uchinchisi, maxsus jamg‘armalarni bekor qilish orqali davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish taklifi.

    Ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2021-yil uchun tasdiqlangan davlat umumiy byudjet xarajatlarining davlat maqsadli jamg‘armalari uchun 40,8 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Bu umumiy xarajatlar miqdorining 19 foizini tashkil qiladi. Qayd etish kerakki, davlat tashkilotlarining turli xil jamg‘armalarini bekor qilishga aniq asos yuq, chunki ularning barcha daromadlari va xarajatlari shaffof tarzda jamoatchilikka taqdim etib boriladi.

    Ekologik partiyadan nomzod Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturida tejamkor sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish orqali asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligini o‘rtacha 25-30 foizgacha oshirish bo‘yicha taklif ilgari surilgan. Bir qarashda ahamiyatli taklif. Ammo qishloq xo‘jaligida tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hosildorlikni oshirish uchun yetarli emas.

    Bundan tashqari, pirovard maqsad qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish emas, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘lishi lozim. Birgina misol, 2021-yilda piyoz narxining keskin qulashi natijasida hosilni yig‘ishtirib olish xarajatlari piyozning bozor narxidan oshib ketgani sababli Surxondaryodagi ba’zi dehqonlar hosilini shudgorlab yubordi.

    Shuningdek, nomzod global rivojlanish sharoitida vujudga kelgan chiqindi muammolarini samarali hal etish uchun maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 40 foizga, hosil bo‘layotgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash miqdorini esa 20 foizga yetkazish taklifini ilgari surmoqda.

    Ahamiyatli taklif. 2020-yilda maishiy chiqindi hajmi yiliga 7 million tonnadan ziyod bo‘lib, uning 19 foizi qayta ishlangan. Maishiy chiqindini qayta ishlash darajasini 40 foizga yetkazish qaysi muddatlarda erishiladigan ko‘rsatkich va mazkur ko‘rsatkichlarga qanday mexanizmlar orqali erishiladi, degan savol ochiq qolmoqda.

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomzodi esa o‘z saylovoldi dasturida ishchi xodimlarning ijtimoiy muhofazasi ta’minlanishi, mehnat shartnomasida xodimning sog‘lig‘idan tortib, ijtimoiy talablarigacha bo‘lgan barcha holatlar kafolatlanishi taklifini bildiradi. Lekin bu ahamiyatga molik emas. Vaholanki, O‘zbekiston Mehnat kodeksida xodimlarning manfaatlari va ish beruvchining barcha majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.

    Shuningdek, nomzod kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlashning qadriyatlarga tayangan yangi tizimini joriy qilish, ehtiyojmand kishilarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berish tartibi qonun bilan belgilanishi haqida ham mulohazali taklifni ilgari surmoqda.

    Kambag‘allikka qarshi kurashish uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, u institutsional va tizimli yondashuvni taqozo etadi. Kambag‘allikka qarshi faqat ehson, xayriya, homiylik orqali kurashilmaydi. Ijtimoiy himoya tizimida davlat doimo asosiy kafolatlangan qismini amalga oshirishi lozim. Xayriya va ehson uning ustiga qo‘shimcha ravishda amalga oshirilishi lozim.

    Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod saylovoldi dasturining iqtisodiy yo‘nalishida aholining daromadiga qarab, tabaqalashtirilgan soliq solish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

    Bu ahamiyatga molik bo‘lmagan taklif. Negaki, yuqori soliq yuki va soliq tizimining murakkabligi norasmiy sektor paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Shu munosabat bilan 2019-yili joriy etilgan yangi soliq tizimi orqali mehnatga soliq yuki yengillashtirildi. Bir qator majburiy to‘lovlar va jismoniy shaxslarning 4 shkalali daromad solig‘i stavkalari o‘rniga yagona 12 foizlik stavka belgilandi. Natijada soliq yuki kamayib, mazkur soliq turi bo‘yicha byudjetga to‘lovlar hajmi ortib bormoqda.

    Masalan, 2018-yilga qadar daromad solig‘idan byudjetga tushumlar miqdori YaIMga nisbatan o‘rtacha 2 foiz atrofida tashkil etgan bo‘lsa, 2020—2021-yillarda bu ko‘rsatkich 2,6 foizga yetgan. Bundan tashqari, tabaqalashtirilgan soliq tizimi asosan rivojlangan va norasmiy sektor ulushi past bo‘lgan davlatlarda qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, tabaqalashtirilgan soliq tizimini qaytarish norasmiy sektorni yanada kuchaytirishga va davlat byudjeti daromadlarining pasayishiga olib keladi.

    Nomzodning yana bir taklifi ijtimoiy nafaqalardan yuqoriroq mehnat haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasi bilan bog‘liq. Juda ahamiyatli va dolzarb masala. Chunki ish o‘rinlarini yaratish juda muhim. Biroq asosiy masala mazkur ish o‘rinlari qayerda, qaysi sohada, nimaning hisobiga yaratiladi? Qancha ish o‘rinlari yaratiladi?

    Yana bir taklifda o‘rta muddatli istiqbolda kam ta’minlangan aholi qatlamlari ulushini kamida 2 baravar qisqartirish masalasi ko‘tariladi. Ammo XDPning mazkur rejani qanday amalga oshirish bo‘yicha aniq hisob-kitobi keltirilmagan. Misol uchun Liberal-demokratik partiyaning dasturida ham kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, buning uchun kelgusi 5 yilda jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM miqdorini 1,6 barabarga ko‘paytirish hisobiga erishmoqchi.

    Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan to‘rtta partiyaning iqtisodiy masalalarni hal qilishda ko‘proq davlat byudjetiga tayanib qolmoqda. Shuningdek, taklif etilayotgan iqtisodiy yechimlar aniq mexanizmlarga ega emas.

    Qo‘ng‘iratboy Sharipov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

    11.10.2021, 18:21   Izoh (0)   10692
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyadagi o‘zbekistonliklar prezident saylovida qatnashishi uchun saylov uchastkasi tashkil etildi

    11.10.2021, 18:12

    O‘zbekistondagi qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon internetdan foydalanmagan — YuNISEF

    11.10.2021, 17:40

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    11.10.2021, 17:26

    “Qashqadaryoning bir qator tumanlarida bog‘cha to‘lovi 2 barobarga kamaytiriladi” – Shavkat Mirziyoyev

    11.10.2021, 17:09

    Shavkat Mirziyoyev Chiroqchini ikkiga bo‘lish, Shahrisabz tumani markazini esa boshqa joyga ko‘chirish taklifini berdi

    11.10.2021, 16:25

    Shavkat Mirziyoyev hokim yordamchilari lavozimlarini joriy etish taklifini bildirdi. Ular ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish bilan shug‘ullanad...

    11.10.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.