Netflix striming platformasi Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali mashhurlikka erishgani fonida unga bag‘ishlangan kolleksiyani taqdim etdi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Esquire

Taqdim etilgan xudi va futbolkalardagi ramzlarni o‘zgartirish — filmdagi kerakli kadrlarni tanlash, undagi piktogrammalarni, shuningdek, ingliz yoki koreys tilida togotipni, serialdagi o‘yinchining raqamini qo‘shish mumkin. Tanlov uchun asosiy qahramonlarning raqamlari ham mavjud — 067, 456, 001 va 218.

Foto: Esquire

Oq va qora rangda taqdim etilgan futbolkalar narxi 35 dollarni, faqatgina qora rangda bo‘lgan xudilar esa 50 dollarni tashkil etadi. Buyumlarni Netflix sayti orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartirishi, uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani, Janubiy Koreya provayderi “Kalmar o‘yini” sabab tomoshabinlar oqimi ortgani uchun Netflix’ni sudga bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.