Kotlet sabzavotlar ichida qovuriladi va bu yanada mazali hamda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
- qovoqcha − 1 dona;
- piyoz − 1/2 dona;
- sarimsoq − 1 dona;
- qiyma − 350 gramm;
- tuxum − 1 dona;
- o‘simlik yog‘i − 2 osh qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
- Qovoqchalar qalinligi 1-2 santimetr qalinligida to‘g‘raladi. Ulardan halqa hosil qilinadi.
- Piyoz, sarimsoq to‘g‘raladi. Qovoqchaning ich qismi, qiyma, tuxum, piyoz va sarimsoq aralashtiriladi.
- Blender yordamida silliq bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
- Tovada o‘simlik yog‘i qizdiriladi. Qovoqcha halqalari ichiga qiymali massa solinib, har ikki tomoni qizargunga qadar 5 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)