Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov, qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida Toshkentdagi O‘zbek milliy maqom san’ati markazi quriliyotgan hududda reyd o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Qurilish Shayxontohur tumani Olmazor ko‘chasidagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ma’muriy binosi va “Paxtakor” stadioni o‘rtasida, Mustaqillik maydonidan taxminan yarim kilometr masofadagi hududda (xarita) amalga oshirilmoqda.

Tezkor o‘rganish jarayonida qurilish ishlarini olib borayotgan “Kosonsoy bunyod qurilish” MChJ tomonidan mazkur hudud tegishli ruxsatnomasiz o‘rab olingani, beton qorish qurilmasi ekspertiza xulosasisiz joylashtirilgani, yashnab turgan joyda qo‘y va tovuqlar boqilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rab olingan hududda jami 483 ta daraxt bo‘lib, shundan 58 tasi qurigani aniqlangan.

Qurilish uchun ajratilgan yer maydonida o‘simlik dunyosiga, aniqrog‘i 4 ta daraxtga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 7 million so‘m miqdorida hisoblangan. Madaniyat vazirligiga qarashli hududda esa yetkazilgan zarar (58 ta daraxt) miqdori esa salkam 243 million so‘mdan iborat. Jami 62 tup har xil turdagi manzarali va mevali daraxtlarga ziyon keltirilgan bo‘lsa, shundan 6 tasi kesib tashlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Shuningdek, quruvchilar amaldagi talablarni buzgan holda qurilish hududida beton qorish qurilmasini o‘rnatgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

O‘rganish jarayonida yengil konstruksiyali devor olib tashlandi, 78 nafar xodim va 7 ta maxsus texnika hamda mexanizmlar jalb qilinib, hudud chiqindilardan to‘liq tozalangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Hududni sug‘orish tizimini joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Kechki payt fuqarolar hordiq chiqarishlariga sharoit yaratish maqsadida tungi yoritish tizimini qayta tiklash, yo‘laklar bo‘ylab o‘rindiqlar o‘rnatish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Avvalroq Surxondaryoda Butunjahon bioxilma-xillikni asrash kunida archalar ommaviy kesilgani, Samarqandda tuman hokimligi qarshisidagi noyob daraxtlar kesib tashlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...