Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan shahrining eng bahavo tepaliklaridan birida joylashgan gurung markazida kuchli yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Hodisa bugun, 12-sentabr kuni tushdan so‘ng sodir bo‘lgan. Namangan shahar FVBga soat 15:49 atrofida Islom Karimov ko‘chasidagi “Oltin meros” xayriya fondi viloyat bo‘limiga qarashli gurung markazi alanga qurshovida qolgani haqida xabar kelib tushadi. FVB xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yo‘l oladi.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

“Yong‘in shahar markazida ro‘y bergani va ko‘lami katta bo‘lgani sababli 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 4 ta suv tashish mashinasi jalb etildi. Tezkor sa’y-harakatlar natijasida oradan bir soatdan ko‘proq vaqt o‘tib, soat 17:05 da yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi”, — deydi viloyat FVB matbuot xizmati rahbari Qahramon Sattarov.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Yong‘in oqibatida gurung markazining shift va tom qismidan 235 kvadrat metri hamda xona jihozlari yonib zararlangani ma’lum bo‘ldi. Binoning 350 kvadrat metr qismi ofatdan saqlab qolindi.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

FVB matbuot xizmatiga ko‘ra, yong‘in tufayli qurbonlar va jarohat olganlar bo‘lmagan.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi