Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xorijiy korxona mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq hisobchisining kirdikorlari fosh bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati.

Qayd etilishicha, departament tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.L.” MChJ shaklidagi xorijiy korxonaning sobiq bosh hisobchisi N.Y. 2020-yil va 2021-yilning o‘tgan 5 oyida korxonaning jami 8,7 milliard so‘m mablag‘ini o‘zining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib talon-toroj qilgan.

Shuningdek, jinoiy yo‘l bilan orttirgan daromadiga qonuniy tus berish maqsadida 478 726 AQSh dollari xarid qilib, shundan 214 926 AQSh dollarini Moskva shahridagi bankomatlardan naqdlashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?