Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Navoiy viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ mansabdorlarining kirdikorlari fosh bo‘ldi, deb yozmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Ma’lum qilinishicha, “N” MChJ mansabdor shaxslari bank muassasasidan ajratilgan kredit hisobiga xarid qilingan 1 000 tonna kartoshka va 380 tonna piyoz mahsulotlarini sotuvidan tushgan mablag‘ni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirmasdan, jami 2,5 milliard so‘mni o‘zlarining ehtiyoji uchun ishlatib yuborib, go‘yoki ushbu mahsulotlar yaroqsiz holga kelib qolganligini vaj qilib, qishloq xo‘jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?