• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Birorta maktab ‘Bir million dasturchi’ loyihasidan chetda qolmasligi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-sentabr kuni axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Raqamli iqtisodiyot” mamlakatimiz taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boshlandi. Jumladan, uning doirasida hududlarda 89 ta, tarmoqlarda 200 dan ortiq loyiha hayotga tatbiq etildi.

    Yil boshidan buyon IT Park rezidentlari soni 35 foizga ko‘payib, ularda 6 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. 2021-yilning 8 oyida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar 26 million dollarga eksport qilingan. Kelgusi 3 yilda iqtisodiyot sohalarida yana 300 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Ushbu loyihalar, umuman, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirgacha bu loyiha doirasida 567 ming o‘g‘il-qiz bepul saboq oldi. E’tiborlisi, ularning 79 foizi maktab o‘quvchilaridir.

    Tadbir avvalida Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad ibn Abdulloh al-Gergaviy videoaloqa orqali ushbu loyihaning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda axborot texnologiyalari bo‘yicha ta’lim sharoitlarini yaxshilash va qamrovini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 2 mingdan ortiq maktabning birorta ham o‘quvchisi “Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etmagani ko‘rsatib o‘tildi.

    Davlat rahbari loyihani har bir maktabga yetkazish, zarur hollarda ularni qo‘shimcha kompyuterlar bilan ta’minlash, bolalarni o‘qishga keng jalb etish muhimligini ta’kidladi.

    “Birorta maktab ‘Bir million dasturchi’ loyihasidan chetda qolmasligi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, bunday o‘quvlar joylardagi Yoshlar markazi, “Ishga marhamat” monomarkazlari negizida ham tashkil etilishi aytildi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 100 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Kelgusi ikki yilda bunday muassasalarni 205 taga yetkazib, 30 mingdan ziyod o‘quvchilarni o‘qitish rejalashtirilgan.

    Shu bois mutasaddilarga ushbu maktablar uchun pedagoglar, texnika va o‘quv dasturlarini hozirdan puxta tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Yana bir yangilik – 2021-yil 1-oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 mingga yaqin o‘quvchi tahsil oladi.

    Yig‘ilishda ushbu texnikumlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Kadrlar tayyorlashda o‘quv markazlari ham muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda “Aloqa bank” tomonidan ustavi 80 milliard so‘m bo‘lgan Venchur jamg‘armasi va IT bilimlarni rivojlantirish markazi tashkil etilishi belgilandi. Ushbu markazda kelgusi besh yilda 100 ming nafar yoshlarga dasturiy ta’minot, mobil ilovalar, tarmoq administratori kabi yo‘nalishlar bo‘yicha professional ta’lim beriladi.

    Bundan tashqari, hozirda 151 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyat yuritib, ularda joriy yilda 27 mingdan ortiq tinglovchilar o‘qitildi. Ushbu markazlar faoliyatini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yana shunday o‘quv maskanlari tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda Prezident va ijod maktablari hamda ixtisoslashgan maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Bugungi kunda 4 ta Prezident maktabida 576 nafar, 3 ta ixtisoslashgan va 9 ta ijod maktabida 1 ming 500 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

    Davlat rahbari tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhi asosiy ahamiyat kasb etishi zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘quvchilarni mamlakat tarixi, madaniyati va san’ati bilan kengroq tanishtirish, harbiy xizmatchilar ishtirokida vatanparvarlik darslari tashkil etish muhimligi qayd etildi.

    Ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarini axborot texnologiyalari mutaxassisliklariga yo‘naltirish, ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san’at, audiovizual asarlarni yaratish, tarjimonlik, jurnalistika va aktyorlik mahorati kabi to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    Ilg‘or xalqaro tajriba va standartlar asosida ushbu maktablar muallimlarining malakasini oshirib borish zarurligi ta’kidlandi.

    Shu maqsadda Toshkent shahrida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi hamda Andijonda uning hududiy filiali tashkil etilishi belgilandi. Bu markazga xorijdan malakali mutaxassislar jalb qilinib, fanlar va chet tillari bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi, xalqaro sertifikatlar beriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident maktablariga investitsion va innovatsion yo‘nalishlarni joriy qilish bo‘yicha yangi tizim tashkil etiladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi xorijdan o‘quv dasturlari, adabiyotlar va jihozlar, malakali pedagoglar va moliyaviy grantlar jalb qilishga ko‘maklashadi. Shuningdek, xorijiy maktablar bilan o‘qituvchi va o‘quvchilarni almashish dasturlari amalga oshiriladi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.

    Mavzuga doir:

    • Quyi Chirchiqda G‘ofur Rahimov homiyligida STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab ochildi
    • O‘zbekistonda 5 yil ichida 100 minggacha axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassis tayyorlanadi
    • O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi

    10.09.2021, 22:15   Izoh (0)   35241
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda ikki avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

    10.09.2021, 21:35

    Fotogalereya: Shavkat Mirziyoyev yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi

    10.09.2021, 21:14

    Toshkentda va Toshkent viloyatida “Hizb ut-Tahrir”ga a’zo 29 nafar ayol aniqlandi

    10.09.2021, 20:39

    “Bugun muxolifat bo‘lishidan O‘zbekiston jamiyati manfaatdor” — Sodiq Safoyev

    10.09.2021, 20:24

    O‘zbekistonda talabalarni ijaraga qo‘yganlarni daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda

    10.09.2021, 19:23

    Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i jurnalistga tahdid qilgan audiosi tarqaldi. Holat SSV nazoratiga olindi

    10.09.2021, 19:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.